AVELYANEDA

AVELYANEDA — Argentinadagi shahar. Katta Buenos-Ayres tarkibiga kiradi. Aholisi 347 ming kishi (1991). T. y. tuguni, La-Plata qoʻltigʻidagi port, mamlakatning eng yirik sanoat markazi. Asosan chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, jun, teri) va neftni qayta ishlaydigan, metallurgiya, toʻqimachilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Kema remont qilinadi.

AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI

AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI — kosmik kemani orbitaga olib chiquvchi raketada biror avariya holati yuzaga kelganda kema ekipajini qutqarish uchun qoʻllaniladigan kema bortidagi maxsus apparatlar. Agar shunday holat startda yoki uchish trayektoriyasining boshlangʻich qismida yuz bersa, kosmonavtlar katapulta qilinib, soʻngra parashyutda yerga tushiriladi yoki, zaruriyat boʻlsa, kemani maxsus dvigatel yordamida xavfsizroq masofaga olib borib, soʻngra ular … Читать далее

AVAZ MUHAMMAD INOQ

AVAZ MUHAMMAD INOQ, Avazbiy (1782—1804) — Muhammad Amin inoqning oʻgʻli. Inoqlardan. Xiva xoni (1790-y. dan). A. M. I. hukmronligi davrida Xiva xonligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash borasida koʻp ishlar qilingan, Xivada katta hajmdagi qurilish ishlari bajarilgan [mas, Xivadagi Juma mayejidi va minorasi (1789) qayta qurilgan].

ABULXAYRXON

ABULXAYRXON (1693-1748) — Kichik juz xoni. Abulxayrxon 1720-y. larda qozoqlarning jungʻar (moʻgʻul-qalmoq) bosqinchilariga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1731-y. da Abulxayrxon qozoq zodagonlarining bir qismi b-n oʻzlarining Rossiyaga tobe boʻlishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi. Koʻpchilik qozoq sultonlarining A. siyosatiga qarshi muxolifatda boʻlishlari natijasida A. ning rejasi amalga oshmadi. Abulxayrxon chingiziy Baroq sulton tomonidan oʻldirilgan.

ABULABBOS TUSIY

ABULABBOS TUSIY Fazl ibn Sulaymon (8 – a) — xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782—786), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida boʻlgan. Abulabbos Tusiy koʻchmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan Sugʻd oraligʻida devor qurdirgan. Har bir farsaxga (1 farsax — 6—7 km ga teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam … Читать далее

ABU SULAYMON

ABU SULAYMON Muhammad ibn Tohir ibn Bahrom Sijistoniy Mantiqiy (912 — Bagʻdod — 985) — faylasuf. Abu Nasr Forobiyning zamondoshi, u bilan ilmiy bahslar qurgan. Abu Sulaymon arab va yunon tilini yaxshi bilgan. Uning asarlari: «Risolatun fi marotib quvayyul inson» («Inson quvvatlarining darajalari haqida risola»), «Rasoyil Eziddavla» («Eziddavla risolalari»), «Sharhe kutub Aristutolis» («Arastu kitoblariga sharh»). … Читать далее

ABU MUSLIM

ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurrahmon ibn Muslim) (taxm. 727 — 755) — Xuroson va Movarounnahrda umaviylar sulolasiga qarshi harakat (q. Abu Muslim harakati) rahbari. 747-y. umaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga joʻnatilgan. U gʻalaba qozonib, xalifalik abbosiylar kuliga oʻtgach (750), Xuroson … Читать далее