AVTOMATLAR NAZARIYASI

AVTOMATLAR NAZARIYASI — nazariy kibernetikaning bir qismi; turli diskret axborotlar oʻzgartirgichlarini tekshiradi. Abstrakt (mavhum) avtomat va avtomatlar kompozitsiyasi tushunchalari Avtomatlar nazariyasining asosiy tushunchalaridir. Abstrakt avtomat tushunchasi qurilmani axborotlarni qayta ishlash algoritmi nuqtayi nazaridan, avtomatlar kompozitsiyasi tushunchasi esa uning boshqa qurilmalardan qanday yasalganligi nuqtayi nazaridan tavsiflashga imkon beradi. Avtomatlar nazariyasi bir necha boʻlimdan iborat. Diskret qurilmalar va hisoblash mashinalarini loyihalashda, algoritmlar nazariyasida, mat. va kibernetikaning hoz. zamon nazariyasida, programmalash nazariyasida Avtomatlar nazariyasining ahamiyati katta (q. Avtomatik boshqarish nazariyasi, Kibernetika).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x