BOTULIZM

BOTULIZM (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. Botulizm qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, … Читать далее

BOTIRMIRZAYEV

BOTIRMIRZAYEV Noʻxay (1869 Dogʻiston, Oqsoy qishlogʻi — 1919, okt.) — qoʻmiq yozuvchisi, maʼrifatparvar. «Tong choʻlponi» (1916) adabiydramatik toʻgaragi va shu nomdagi jur. tashkilotchilaridan. Botirmirzayev «Baxtsiz Habibat», «Horun va Zubayda» (1910), «Dovud va Laylo» (1912) kabi qissalari b-n qoʻmiq milliy nasriga asos soldi. Asarlarida qoʻmiq xalqining, ayniqsa qoʻmiq ayollarining qismati, orzuumidlari, intilishlari, ozodligi, maʼrifatparvarlik, doʻstlik gʻoyalari … Читать далее

ADIPIN KISLOTA

ADIPIN KISLOTA, ikki asosli organik kislota [NOOS (SN2)4 SOON] — rangsiz kristall. Mol. m. 146,15. Suyuqlanish t-rasi 149 — 150°, qaynash t-rasi 265°. Suvda, etil spirtda koʻproq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi b-n marganes tuzlari (katalizator) ishtirokida oksidlab olinadi. U sunʼiy tola — neylon ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari … Читать далее

BOSQOQ

BOSQOQ (turkiycha — bosuvchi, ezuvchi) — moʻgʻul xoni tomonidan qaram mamlakatlarga maxsus yorliq bilan yuborilgan amaldor, noib. Bosqoq oʻz maʼmuriy mavqeiga kura bek va lashkarboshipardan yuqori turgan. Bosqoqga maxsus harbiy otryad va turli mayda amaldorlar biriktirilgan bulib, uning vazifasi mahalliy hokimiyat faoliyatini nazorat qilish, soliq va oʻlpon yigʻish, tub aholini roʻyxatga olishdan iborat boʻlgan. Bosqoqlar … Читать далее

BOSMACHILIK

BOSMACHILIK — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom. «Bosmachi» soʻzi aslida turkiy «bosmoq» (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida «bosmachi» deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham «bosmachilar» deyish mantiqan toʻgʻri keladi. … Читать далее

ADVENTISTLAR

ADVENTISTLAR (lot. adventus — voqe boʻlish) — xristian sektalaridan biri. 19-a. ning birinchi yarmida AQSHda vujudga kelgan. Sekta aʼzolari «Isoning qaytib kelishi» yaqinligiga, xudoning ming yillik va tanho hukmronligi boshlanishiga ishonadilar. Asoschisi baptist U. Miller (1782 — 1849). «Muqaddas yozuvlar va 1843-y. da Isoning 2-marta voqe boʻlishi hamda 1000-yillik hukmronligi haqida tarixiy dalillar» kitobida Bibliya … Читать далее

BOSIM DATCHIGI

BOSIM DATCHIGI — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan oʻlchov oʻzgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga moʻljallangan xillari boʻladi. Yuqori (10 MN/m2 dan ortiq) bosimga moʻljallangan Bosim datchigi (mas, magnitoelastik va pyezoelektr B. d.) oʻlchanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita chiqish signaliga aylantirib beradi. Past bosimga moʻljallangan Bosim datchigi oldin bosimni mexanik siljishga … Читать далее

BORSAKELMAS

BORSAKELMAS — Orol dengizining shim. gʻarbiy qismidagi orol. Qozogʻistonning Kiziloʻrda viloyatida. Uz. 27 km, eni gʻarbda 11,5 km, sharkda 2,5 km. Mayd. 133 km2 (1961). Qirgʻoqlari asosan tekis, past, jan. qirgʻogʻi bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining bal. 100 m, eng baland joyi 113 m. B. da … Читать далее