ADVENTISTLAR

ADVENTISTLAR (lot. adventus — voqe boʻlish) — xristian sektalaridan biri. 19-a. ning birinchi yarmida AQSHda vujudga kelgan. Sekta aʼzolari «Isoning qaytib kelishi» yaqinligiga, xudoning ming yillik va tanho hukmronligi boshlanishiga ishonadilar. Asoschisi baptist U. Miller (1782 — 1849). «Muqaddas yozuvlar va 1843-y. da Isoning 2-marta voqe boʻlishi hamda 1000-yillik hukmronligi haqida tarixiy dalillar» kitobida Bibliya tarkibiga kirgan paygʻambarlar kitoblariga suyanib, Isoning 2-marta kelishiga doir oʻzi belgilagan muddatni asoslashga uringan. Adventistlar harakati bir necha tarmoqlarga boʻlinib ketgan. Eng yirigi — «Yettinchi kun adventistlari»dir. Adventistlar insoniyat tarixi Iso va shayton oʻrtasidagi abadiy kurashdan iborat, bu kurash shaytonning halokati bilan tugaydi, xalos boʻlishning birdan-bir yoʻli Adventistlar eʼtiqodini qabul qilishdir, deb ishonadi. Adventistlar jonning oʻlmasligini inkor etadi: jon tana bilan birga oʻladi va Isoning qaytib kelgan kuni yana tiriladi. Ular xudo olamni yaratayotganda shanbada dam olgan, deydilar va shu sababli shanba kunini bayram qiladilar. Shuning uchun Rossiyada Adventistlar oʻzlarini subbotniklar deb ataydilar. Bu sekta MDHda, jumladan, Oʻzbekistonning ayrim shaharlarida ham mavjud. Ularning roʻyxatga olingan 9 ta jamoasi bor (1998). Mavjud boʻlgan barcha cherkovlarga Toshkent sh. da joylashgan Yettinchi kun xristian Adventistlar ining Oʻrta Osiyo konferensiyasi rahbarlik qiladi. Prezidenti Robert Geybel (1992-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x