VAXTANG I

VAXTANG I Gorgasar (?-502) – Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi sh. qayta qurilib, poytaxt Msxeti sh. dan Tbilisiga koʻchirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484-y. gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qoʻzgʻoloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qoʻzgʻolon taqdirini hal etgan. Forslar V. ga … Читать далее

BOʻZ YER

BOʻZ YER — uzoq vaqt davomida ishlanmay yotgan, ekin ekishga yaroqli yer. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida Boʻz yer, asosan, sugʻorish imkoni boʻlmaganligi tufayli saqlanib qolgan. Oʻrta Osiyo sharoitlarida Boʻz yer ekin maydonlarini kengaytirishning asosiy rezervi hisoblanadi (q. Qrriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish). Пост Навигацияси

GAGARALAR

GAGARALAR (Gaviiformes) — qushlar-ning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (G. stellata), qoratomoq gagara (G. arctica), oqboʻyinli gagara (G. pacifi ca), oq tumshuqli gagara (G. adamsii), qutb gagarasi (G. immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Ogʻirligi 1 kg dan 6,4 kg gacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda oʻtkazadi, koʻpayish uchun quruqlikka … Читать далее

VATVOT

VATVOT, Rashididdin, Rashid [taxalluslari (Vatvot — koʻrshapalak, uchar sichqon, adibning jussasi kichikligiga ishora); asl ismi Muhammad bin Abduljalol al-Umariy] (1087, Balx — 1177 yoki 1183, Xorazm) — shoir, adabiyotshunos olim. Balxning «Nizomiya» madrasasida taʼlim olgan, falsafa, adab haqidagi ilmlarni chuqur oʻrgangan. Keyinchalik Xorazmga kelib, Xorazmshoh Otsiz (1127—56) sa-royida ijod qilgan. «Saʼd-al-mulk» («Mamlakat baxti») faxriy unvoniga … Читать далее

BYURAKAN ASTROFIZIKA RASADXONASI

BYURAKAN ASTROFIZIKA RASADXONASI — Armaniston FAga qarashli rasadxona. 1946-y. da Aragas sh. da tashkil topgan (rasmiy ochilish marosimi 1956-y. da oʻtkazilgan); Byurakan qishlogʻi yaqinida 1500 m balandlikda joylashgan. Byurakan astrofizika rasadxonasida qator optik va radio teleskoplar mavjud. Astrofizik kuzatuvlar asosan 1948-y. dan boshlangan. Yulduz assotsiatsiyalari kashf etilishi (1947) Byurakan astrofizika rasadxonasi ilmiy yoʻnalishini belgilab berdi. … Читать далее

GAVAYI TILI

GAVAYI TILI — gavayiliklar tili. Gavayi o. larida tarqalgan polineziya tillaridan biri. Yevropaliklar hamda shim. amerikaliklar kelgunga qadar orol aholisi faqat shu tilda soʻzlashgan. Gavayi tili boy ogʻzaki adabiy ijodga ega boʻlgan, ammo 19-a. 1-yarmidan unutila boshlagan. Gavayi tili 19-a. 1-yarmidan lotin alifbosiga moslangan va bu yozuvda birinchi gaz. chiqadi (1834). Gavayi o. la-rining AQSH … Читать далее

VASPURAKAN PODSHOLIGI

VASPURAKAN PODSHOLIGI — oʻrta asrlarda Vaspurakan viloyatida joylashgan arman davlati (908—1021). Vaspurakan podsholigiga Van koʻli atrofidagi hududlar kirgan. Aholisi 1 mln. kishidan ziyod boʻlgai. Vaspurakan podsholigida 10 ga yaqin shahar, 4 mingdan ortiq qishloq, 72 qalʼa, 115 monastir mavjud edi. 11-a. boshlarida Vaspurakan podsholigiga turkiy qabilalar tez-tez hujumlar qilib turganlar. Vizantiya tomonidan bosib olingan. Пост … Читать далее

ABBOSOV Shuhrat Solihovich

ABBOSOV Shuhrat Solihovich (1931.16.1, Qoʻqon) — oʻzbek rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965). Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgan (1954), shu in-tda prof. (1983-y. dan), kafedra mudiri (1991-y. dan). M. Uygʻur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida (Yangiyoʻl sh.) bosh rej. (1954-56). «Yurak sirlari» (B. Rahmonov), «Nurxon» (K. Yashin), «Ogʻriq tishlar» (A. … Читать далее

BER QONUNI

BER QONUNI — daryolarning oqish qonuniyatini aks ettiradigan qonun. 1857-y. da rus tabiatshunosi K. M. Ber topgan. Daryolar Shim. yarim sharda oʻng tomonga, Jan. yarim sharda chap tomonga burilishga intilib oqadi. Shu tufayli, daryolar qaysi tomonga oqishidan katʼi nazar, Shim. yarim sharda daryoning oʻng qirgʻogʻini, Jan. yarim sharda chap qirgʻogʻini koʻproq yuvib boradi. K. M. … Читать далее