BIOGEOKIMYO

BIOGEOKIMYO — tirik organizmlar ishtirokida Yer biosferasida kimyoviy elementlarning aylanishini oʻrganadigan fan. B. tushunchasini fanga rus olimi V. I. Vernadskiy kiritgan. U tirik moddaning planeta miqyosida sodir boʻladigan geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini koʻrsatib bergan. Biogeokimyoning zamonaviy muammolari biogen elementlar geokimyoviy siklining miqdoriy modelini kashf etish, tirik organizmlarda elementlarning migratsiyasi va toʻplanishi qonuniyatlarini ochib berish, Yer yuzini … Читать далее

GIGAFLOP

GIGAFLOP — superkompyuter (tezkor kompyuter)ning ish tezligini belgilovchi koʻrsatkich. 1 G. = 109 aial/s, yaʼni superkompyuter 1 sek. da 1 mlrd. arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Yaqin kelajakda bu koʻrsatkich bir necha teraflop (tflop) ga teng boʻladi. 1 Tflop = 1012amal/s, yaʼni kompyuter 1 sek. da bir necha trillion amal bajarishi mumkin. Ish unumdorligi 1 … Читать далее

AZIZXOʻJAYEV Akmal Abduazimovich

AZIZXOʻJAYEV Akmal Abduazimovich (1936.8.11, Toshkent) — futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-y. dan «Spartak» futbol jamoasida oʻynagan. «Paxtakor» jamoasi sardori va himoyachisi (1960—65 y. lar). Buxoroning «Fakel» (1966) hamda Nukusning «Amudaryo» (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-y. dan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo … Читать далее

VALYOR

VALYOR (frans. valeur — baho, qimmat-baho) — rassomlik sanʼatida maʼlum nur va soya miqdorini ifodalovchi (boshqa ranglar bilan bogʻliq holda) rang turi. Rangtasvirdagi ranglar uygʻunligida «Valyor» termini oʻzaro qonuniy aloqada boʻlgan va maʼlum bir rang chegarasidagi nur va soya izchilligini yaratuvchi har bir tuslarni ifodalaydi. Valyor izchilligini qoʻllash (koʻp yirik rassomlarning ijodini belgilagan) narsalarni nozik … Читать далее

GIBBERELLINLAR

GIBBERELLINLAR — oʻsimliklarning oʻsish jarayonlarini boshqaruvchi tabiiy moddalar (fitogormonlar guruhi). Yapon olimi Ye. Kurosava 1926-y. da kashf etgan. Kimyoviy tabiatiga koʻra tarkibida 19 yoki 20 ta uglerod atomi tutgan tetratsiklik mono-, di – va tri-karbon kislotalardir. 70 ga yaqin Gibberellinlar maʼlum. Ular GA, GA va sh. k. belgilanadi. Gibberellinlar oz miqsorda yuksak oʻsimliklar tarkibida koʻp … Читать далее

AZAYIMXONLIK

AZAYIMXONLIK — duo oʻqish, dam solish, sehr-afsun yoʻli bilan tabiblik qilish. Ibtidoiy sehrgarlikning bir koʻrinishi. Ilk jamiyatning urugʻchilik bosqichida ayrim shaxslar odamlarni oddiy usul (dorivor giyoh, qon olish va b.) b-n davolagan. Lekin ularning baʼzilari bemorni davolash jarayonida, goʻyo kasal «sababchisi» boʻlgan «yomon ruhlar»ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo oʻqish, sehrlash, afsoʻngarlik) bilan «haydab chiqara … Читать далее

VAL TIZIMI

VAL TIZIMI (mashinasozlikda) — asosiy detali valdan iborat boʻlgan tutashuvchi silliq mashina detallari (mas., val va gʻildirak) uchun oʻtqazish (valni gʻildirakka oʻtqazish) tizimi; tutashuvchi detallarning berilgan nominal oʻlchamida valning chegaraviy oʻlchamlari barcha oʻtqazishlar uchun oʻzgarmas boʻlib qolishi bilan ifodalanadi. Tutashuvchi detallardan biridagi teshiklarning chegaraviy oʻlchamlarini oʻzgartirib Val tizimida turlicha oʻtqazishlarni amalga oshirish mumkin. Valga qoʻshimcha … Читать далее

BIMOLEKULYAR REAKSIYALAR

BIMOLEKULYAR REAKSIYALAR — kimyoviy reaksiyalarning eng koʻp uchraydigan xili, ularning oddiy turida ikkita zarracha qatnashadi, maye: NOJ+NOJ>2NO+J,. Ikki molekula oʻrtasida boradigan oddiy (bir bosqichli) reaksiyalar ham, murakkab reaksiyalarning tarkibiy qismi boʻlgan elementar reaksiyalarning koʻpchiligi ham Bimolekulyar reaksiyalarga kiradi. Murakkab reaksiyalarning tarkibiy qismi boʻlgan Bimolekulyar reaksiyalarda molekulalar bilan birga atomlar, radikallar va ionlar ham qatnashishi mumkin, … Читать далее

GETMAN

GETMAN (polyakcha hetman, nem. Hauptmann — boshliq soʻzidan) — 1) Ukrainada 16—17-a. 1-yarmida kazaklar rahbari, 1648-y. dan Ukraina hokimi va kazak qoʻshinlari boshligʻi; bir qator dehqon-kazak koʻzgʻolonlari rah-bari; 2) Polshada 15—16-a. larda yollanma qoʻshinlar qoʻmondoni, 16—18-a. larda butun armiya (barcha qoʻshinlar) qoʻmondoni. Пост Навигацияси