AZIZXOʻJAYEV Akmal Abduazimovich

AZIZXOʻJAYEV Akmal Abduazimovich (1936.8.11, Toshkent) — futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-y. dan «Spartak» futbol jamoasida oʻynagan. «Paxtakor» jamoasi sardori va himoyachisi (1960—65 y. lar). Buxoroning «Fakel» (1966) hamda Nukusning «Amudaryo» (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-y. dan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x