AZAYIMXONLIK

AZAYIMXONLIKduo oʻqish, dam solish, sehr-afsun yoʻli bilan tabiblik qilish. Ibtidoiy sehrgarlikning bir koʻrinishi. Ilk jamiyatning urugʻchilik bosqichida ayrim shaxslar odamlarni oddiy usul (dorivor giyoh, qon olish va b.) b-n davolagan. Lekin ularning baʼzilari bemorni davolash jarayonida, goʻyo kasal «sababchisi» boʻlgan «yomon ruhlar»ni har xil xatti-harakatlar (avrash, duo oʻqish, sehrlash, afsoʻngarlik) bilan «haydab chiqara olishlariga» odamlarni ishontirgan. Jahonning koʻpgina xalqlarida keng tarqalgan. Azayimxonlik bilan shugʻullangan shaxslar azayimxon, duoxon, baxshi va h. k. deb ataladi. Azayimxondan xalq tabiblarini farqlash lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x