ALLOH

ALLOH (arab, «al-iloh» — ilohiy kuch, xudo) , Olloh — islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Keyingi yillardagi adabiyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qoʻllanib kelingan. Odatda Allohga taolo (ulugʻ, oliy) sifati qoʻshib aytiladi.

BIZNES REJA

BIZNES REJA — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxm. hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes rejada loyiha boʻyicha … Читать далее

ALLIL SPIRT, SN2=SN-SN2ON

ALLIL SPIRT, SN2=SN-SN2ON oddiy toʻyinmagan spirt, mol. m. 58,08. Qoʻlansa hidli, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish t-rasi — 129°, qaynash t-rasi 96,9°. Suvda, etil spirt va etil efirda yaxshi eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (28% N2O; qaynash t-rasi 89°) hosil qiladi. Sanoatda Allil spirt, sn2=sn-sn2on allil xloridni 100° da, 1,0 MPa bosimda ishqor ishtirokida gidrolizlab olinadi. Spirtlarga … Читать далее

BID

BID (ing. bid — taklif) — 1) tovar, qimmatbaho qogʻozlarni muayyan narxlarda (mas, diler valyutani xarid qiladigan yoki qarzga oladigan kurs boʻyicha) sotib olish majburiyati; 2) kimoshdi savdosida narxga qoʻyiladigan ustama. Пост Навигацияси

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich [1869.18(30).8, Yettisuv – 1932.26.6, Samarqand] — arxeolog, prof. (1923). Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan (1894). Samarqand oʻlkani oʻrganish muzeyining tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905—31 ylarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida «Afrosiyob — koʻhna Samarqand oʻrni» (1926) asarini yozgan. Ulugʻbek rasadxonasi (15-a.) oʻrnini aniqlagan va u yerda qazish ishlari olib borgan … Читать далее

ALLA

ALLA — 1) bolani uxlatish jarayonida yakkaxonlik uslubida aytiladigan qoʻshiq. Oʻzbek, uygʻur va tojik xalqlari orasida Alla nomi bilan yuritiladi. Odatda oddiy kuylar b-n, baʼzida rechitativ tarzda, beshik yoki belanchakni tebratish surʼatiga mos ravishda ijro etiladi. Matni, asosan, toʻrtlik; ijro uslubi erkin, badihagoʻy. A. onaning bolaga boʻlgan mehr-muhabbati, umid va orzulari, yaxshi niyat va tilaklarini … Читать далее

BIBI SESHANBA

BIBI SESHANBA, Seshanba ona — uzbeklar va tojiklarning afsonalarida oilaviy baxt, shuningdek ip yigirish va tikuvchilik kabi hunarlarning homiysi, piri. B. S. sharafiga ayollar seshanba kunlari tuplanib, yigʻin, marosim oʻtkazish, uni keksa, olijanob kampir siymosida tasavvur etib, B. Sdan oilaviy turmushda uzlari uchun saodat, kasblari uchun rivoj berishini tilab, u toʻgʻridagi rivoyatlarni yodga olish, uqish … Читать далее

VULKANOGEN CHOʻKINDI JINSLAR

VULKANOGEN CHOʻKINDI JINSLAR — vulkan va choʻkindi materiallardan tashkil topgan togʻ jinslari. Vulkanlarning portlab otilishidan hosil boʻlgan qattiq, boʻlakli va kimyoviy (suvda erigan) boʻlishi mumkin. Boʻlakli yoki piroklastik materiallar (suyuq lava mahsulotlari, vulkan qattiq va b. jinslarning maydalangani) boʻsh, palaxsalar, vulkan bombalari, lapillalar, vulkan qumlari va kullari toʻplamini tashkil etadi. Choʻkkan joylarida sementlashishidan yoki boshqa … Читать далее