VUD QOTISHMASI

VUD QOTISHMASI — oson eriydigan qotishma (erish t-rasi t3=68°). Tapkibi 50% vismut (Bi), 25% qoʻrgʻoshin (Pb), 12,5% pyx (Sn), 12,5% kadmiy (Cd) dan iborat. Ingliz muhandisi J. Vud 1860-y. da taklif qilgan. Quyma modellar tayyorlashda, yongʻinga qarshi qurilmalar va signal apparatlarda, metallografik shliflar quyish va b. da ishlatiladi. Пост Навигацияси

ANESTEZIOLOGIYA

ANESTEZIOLOGIYA — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni ogʻriqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini oʻrganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha oʻn yil ilgari shakllandi. Oʻzbekistonda Anesteziologiya xizmati bekamu kust yoʻlga qoʻyilgan; yirik shifoxonalarda maxsus Anesteziologiya boʻlimlari bor. A. kafedpalarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va i. t. ishlari olib boriladi.

BI…

BI… (lot. bi—ikki; bis dan—ikki karpa, ikki marta) —yasama soʻzlar tarkibiy qismi; ikki qismdan iborat, ikki xossali maʼnolari ifodasini anglatadi (mas, biatlon). Loading… Пост Навигацияси Previous PostBJEZINSKIY Next PostBIBI BUVAYDA MAQBARASI

ANDROPOV Yuriy Vladimirovich

ANDROPOV Yuriy Vladimirovich (1914, Stavropol oʻlkasi — 1984.9.2, Moskva) — KPSS MK bosh kotibi (1982—84), sobiq Ittifoq Oliy Kengashi raisi (1983-y. dan), 1947-y. dan Kareliya (KPb) MK 2-kotibi. 1951—52 y. larda KPSS MKda ishlagan. 1953 — 57 y. larda Ittifoqning Vengriyadagi elchisi; sovet qoʻshinlarining Vengriyaga kiritilishida qoʻli boʻlgan (1956). 1957-y. dan KPSS MK boʻlim mudiri. … Читать далее

BESHQIZ

BESHQIZ — Surxondaryo viloyatidagi togʻlar. SherobodSariqamish qator tepa (gryada)lari tarkibiga kiradi. Jan. gʻarbda Sherobod daryosi vodiysi va shim. sharqsa Koʻksoy vodiysi oraligʻida. Uz. 12 km, eng baland joyi 956 m, chekkalarida 550—600 m gacha pasayadi. Jan. sharqiy yon bagʻirlari ancha tikroq va kambar, yuqori paleogenning ohaktoshlaridan tuzilgan. Shim. gʻarbiy yon bagʻirlari yuqori boʻr davrining qumtosh, … Читать далее

VOHIDOV

VOHIDOV Shavkat (1932.11.10, Samarqand) — fizik olim, Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), «Koinot» ilmiy i. ch. boshqarmasi Bosh direktori (1980-y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Kosmonavtika federatsiyasi prezidenti (1987-y. dan), iqtidorli maktab oʻquvchilari Xalqaro aerokosmik maktabi tashkilotchisi va rahbari (1990-y. dan). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, kosmonavtika, spektroskopiya, kristallografiya, radiotexnika va aloqa, … Читать далее

ANDISHA

ANDISHA — axloqiy tushuncha. Oʻzaro muomalada sharm-hayo, bosiqlik va muloyimlik bilan munosabatda boʻlishni talab qiladi. Andisha li odam birovlarning izzat-nafsiga tegmaydi, kattalar, oqsoqollar hurmatini joyiga qoʻyadi; oʻta bosiqlik bilan fikr yuritib biror ishni hal qiladi. Andisha sharm-hayo, uyat, istihola, iffat, ibo kabi odob tushunchalari bilan uzviy bogʻliq.

VOTKINSK

VOTKINSK — RFning Udmurtiya Respublikasidagi shahar (1935-y. dan) Votka va Sharkan daryolari sohilida (Kama havzasi). T. y. stansiyasi. Aholisi 104,7 ming kishi (1999). Votkinsk qad. metallsozlik z-dlari yonidagi qishloq oʻrnida vujudga kelgan (1759). Votkinsk rus kompozitori P. I. Chaykovskiyning vatani. Votkinskda mashinasozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, P. I. Chaykovskiy uymuzeyi bor. V. dan 30 km … Читать далее