ANDROPOV Yuriy Vladimirovich

ANDROPOV Yuriy Vladimirovich (1914, Stavropol oʻlkasi — 1984.9.2, Moskva) — KPSS MK bosh kotibi (1982—84), sobiq Ittifoq Oliy Kengashi raisi (1983-y. dan), 1947-y. dan Kareliya (KPb) MK 2-kotibi. 1951—52 y. larda KPSS MKda ishlagan. 1953 — 57 y. larda Ittifoqning Vengriyadagi elchisi; sovet qoʻshinlarining Vengriyaga kiritilishida qoʻli boʻlgan (1956). 1957-y. dan KPSS MK boʻlim mudiri. 1962-67 va 1982-y. maydan KPSS MK kotibi. 1973-y. dan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1967-y. dan nomzod). 1967—82 y. larda Ittifoq davlat xavfsizligi qoʻmitasi raisi; bu paytda Andropov rahbarligi ostida gʻayri fikrlovchilar va inson huquqlarini himoya qilish harakatiga qarshi repressiv chora-tadbirlar (qamash, fuqarolikdan mahrum qilish va b.) amalga oshirildi. Bosh kotib sifatida partiya va davlatdagi inqirozni maʼmuriy usullar bilan toʻxtatishga uringan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x