YELKANLI CHANA

YELKANLI CHANA — muz va qor ustida yelkan yordamida shamol kuchi bilan harakatga keladigan chana. Soatiga oʻrtacha 100 km tezlikda harakat qiladi. Yelkanli chana transport vositasi sifatida va sport musobaqalarida qoʻllaniladi. Asosan, shimolda ishlatiladi. Пост Навигацияси

YEKATERINBURG

YEKATERINBURG (1924-91 y. larda Sverdlovsk) — RF Sverdlovsk viloyatidagi shahar. Muhim sanoat, madaniy va ilmiy markaz. Iset daryosi (Tobol irmogʻi)ning har ikki sohilida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 1272 ming kishi (1997). Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi («Uralmash», «Uralximmash», «Ural elektrotyajmash», «Turbomotor zavodi» va boshqa i. ch. birlashmalari, burgʻilash va metallurgiya sanoati uchun jihozlar, transport mashinasozligi, podshipnik … Читать далее

YANGI ZELANDIYA

YANGI ZELANDIYA — Tinch okeanning jan. gʻarbiy qismidagi davlat. Mayd. 268,7 ming km2. Aholisi 3,994 mln. kishi (2004). Poytaxti — Vellington shahri Maʼmuriy jihatdan 10 provinsiya (rgoutse)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yangi Zelandiya — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi parlamentar monarxiya. Buyuk Britaniya parlamenti va asosan, Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun hujjatlariga amal … Читать далее

YOQILGʻI BALANSI

YOQILGʻI BALANSI — mamlakat miqyosida har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish balansi. Oʻzbekiston yoqilgʻienergetika resurelarida yoqilgʻi hissasi 99,2% ni tashkil qiladi (2000). 20a. boshlarida Oʻzbekistonning Yoqilgʻi balansida oʻtin va qisman neft (oz daraja toshkoʻmir) asosiy oʻrinni egallagan. 20a. ning 50y. lari oʻrtalaridan boshlab yangi neft va gaz konlari ochildi va … Читать далее

YANGI SHOTLANDIYA

YANGI SHOTLANDIYA — Kanadaning jan. sharqiy qismidagi provinsiya, Yangi Shotlandiya ya. o. va KeypBreton o. da. Mayd. 55,3 ming km2. Aholisi 944,7 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Galifaks shahri Yangi Shotlandiya iqtisodiy jihatdan rivojlangan provinsiya. Foydali qazilmalardan koʻmir, barit, gips qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kokskimyo, transport mashinasozligi, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz va yogʻochsozlik … Читать далее

YAMUSUKRO

YAMUSUKRO — KotdʻIvuar Respublikasi poytaxti. Abidjan shahridan 260 km shim. da joylashgan. Aholisi 189 ming kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Prezident qarorgohi, «Partiya uyi» Ya. da joylashgan. Shahar atrofida kofe, kakao, yams, banan plantatsiyalari bor va boshqalar qishloq xoʻjalik ekinlari ekiladi. Пост Навигацияси

YER OSTI INSHOOTLARI

YER OSTI INSHOOTLARI — yer qatlamida sunʼiy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay boʻlmagan (havo t-rasi keskin oʻzgarib turadigan, yogʻingarchilik uzok, vaqt davom etadigan, sel koʻp boʻladigan va b.) joylarga, past-baland relyefli yerlarga Yer osti inshootlari quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr st-yalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xoʻjaligi obyektlari … Читать далее

YOKOXAMA

YOKOXAMA, Iokogama — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o. da, Tokio qoʻltigʻi sohilida. Kanagava prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 3,3 mln. kishi (1995). Yokoxamaga 1858-y. da asos solingan. 19-a. ning 70-y. larida y. Yaponiyaning eng katta portlaridan biri edi (mamlakat tashqi savdo aylanmasining 70%i). Shahar 1923-y. da zilzila va yongʻindan, 1945-y. da Amerika aviatsiyasi bombardimonidan katta zarar koʻrdi. … Читать далее

YAMAL NENESLARI MUXTOR OKRUGI

YAMAL NENESLARI MUXTOR OKRUGI — RF Tyumen viloyati tarkibidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 750,3 ming km2. Aholisi 507,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar va neneslar, shuningdek, ukrain, tatar, xanti, komi, selkup, belorus, boshqird va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 83,4%. Tarkibida 7 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 8 … Читать далее

YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan … Читать далее