YER OSTI INSHOOTLARI

YER OSTI INSHOOTLARI — yer qatlamida sunʼiy usul bilan hosil qilinadigan inshootlar. Iqlim sharoitlari qulay boʻlmagan (havo t-rasi keskin oʻzgarib turadigan, yogʻingarchilik uzok, vaqt davom etadigan, sel koʻp boʻladigan va b.) joylarga, past-baland relyefli yerlarga Yer osti inshootlari quriladi. Shartli ravishda transport va gidrotexnik tunnellari, metropoliten, elektr st-yalar, baza omborlari hamda sovitkichlar, shahar xoʻjaligi obyektlari (yoʻlovchilar oʻtish joylari, garajlar, kollektorlar va b.), ichimlik suvi rezervu-arlari, neft va gaz omborlari, zararli i. ch. chiqindilari koʻmiladigan oʻralar, davolash muassasalari, harbiy obyektlar uchun quriladigan inshootlar Yer osti inshootlari jumlasiga kiradi. Yer osti inshootlari qurilishi ayniqsa kon sanoatida ancha rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x