YER REKULTIVATSIYASI

YER REKULTIVATSIYASI, landshaft rekultivatsiyasi (lot. re — qaytarish, tiklash maʼnosini beradigan old qoʻshimcha; cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va b. sabablarga kura foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Yer rekultivatsiyasi asosiy vazifasi tuproqning buzilgan unumdor … Читать далее

YAMAL NENESLARI MUXTOR OKRUGI

YAMAL NENESLARI MUXTOR OKRUGI — RF Tyumen viloyati tarkibidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 750,3 ming km2. Aholisi 507,4 ming kishi (2002), asosan, ruslar va neneslar, shuningdek, ukrain, tatar, xanti, komi, selkup, belorus, boshqird va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 83,4%. Tarkibida 7 maʼmuriy tuman, 7 shahar, 8 … Читать далее

YANGIQOʻRGʻON

YANGIQOʻRGʻON — Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1976 yil dan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Chortoq (16 km). Viloyat markazi (Namangan shahri) gacha 22 km. Aholisi 16,1 ming kishi (2005). Aholisi va xoʻjaliklari Pochchaotasoydan suv oladi. Paxta tozalash z-di, non kti, tikuvtrikotaj f-kasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona va boshqalar korxonalar bor. Kichik, oʻrta … Читать далее

YANGIBOZOR

YANGIBOZOR — Buxoro viloyatining Peshku tumanitsat qishloq, tuman markazi (1950-yildan). Yangibozor Toshkent — Samarqand — Urganch — Nukus avtomobil magistrali yoqasida joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kogon (42 km). Viloyat markazi (Buxoro shahri)dan 35 km. Aholisi 5591 kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari AmuBuxoro mashina kanalidzn suv oladi. Non kti, 2 qurilish tashkiloti, 4 aksiyadorlik … Читать далее

YORITISH

YORITISH — obyektlarning koʻrinish sezgirligini yaxshilash yoki ularni yorugʻlik sezgir materiallarga tushirishni taʼminlash maqsadida maʼlum miqsorda yoritilganlik yaratish. Yoritishning tabiiy, sunʼiy va aralash xillari bor. Tabiiy Yoritish inson uchun eng qulayi boʻlib, Quyosh, osmon yoritqichlari, atmosfera elektr razryadlari va b. bilan yaratiladi. Uylar va alohida xonalarda kerakli darajada yoritilganlikni taʼminlash uchun ularning devorlari, orayopmalari yorugʻlik … Читать далее

YOʻL MASHINALARI

YOʻL MASHINALARI — yoʻl qurilish ishlarish ishlatiladigan mashinalar. Yoʻl mashinalarining oʻziyurar, oʻrnatma va tirkama (avtomobil, traktor va tyagachlarga tirkaladigan); tayyorlov ishlarida ishlatiladigan (daraxt qulatkich, tosh yigʻgich, yumshatkichlar) va tuproq ishlarida ishlatiladigan (buldozer, greyder, greyder-elevator, ekskavator, ariq qazigich, yoʻl gʻaltagi, titrama zichlagich, zichlagichlar) xillari bor. Gruntni qatlam-qatlam qilib zichlashda oʻzi agʻdargichlar, skreper va b. bilan keltirilgan … Читать далее

YUQORI CHIRCHIQ TUMANI

YUQORI CHIRCHIQ TUMANI — Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabr da tashkil etilgan. 1959-yilda Parkent tumani, 1962-yilda Boʻstonliq tumani qoʻshildi. 1964-yildan Boʻstonliq, 1979-yildan Parkent tumani ajralib chiqsi. Shim. sharqdan Boʻstonliq va Parkent, jan. va jan. sharqsan Ohangaron, jan. gʻarbdan Oʻrta Chirchiq, gʻarbdan Toshkent shahri va Qibray tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,44 ming km2. Aholisi 112,5 … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YANGIYER

YANGIYER — Sirdaryo viloyatidagi shahar. Viloyat kengashiga qarashli. 1957 yil da asos solingan. Toshkentdan 150 km jan. gʻarbda, Toshkent — Xovos t. y., Katta Uzbekiston trakti, Janubiy Mirzachoʻl kanali yoqasida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Guliston shahri) dan 30 km uzoklikda. Aholisi 30 ming kishi (2004). Shahardagi 400 dan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektdan 34 … Читать далее

YANGI NISHON

YANGI NISHON — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidatch shahar (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Nishon (4 km). Yangi Nishondan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 20 km. Aholisi 9,8 ming kishi (2003). Shaharda sanoat, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes, yirik korxonalar, mikrofirmalar, MTP, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy … Читать далее