HINDUIYLIK

HINDUIYLIK, hinduizm d-unyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikga eʼtiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Jan. Afrikada, Jan.sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi eʼtiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiylik veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq eʼtiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida … Читать далее

JINOYAT PROTSESSI

JINOYAT PROTSESSI — jinoyat ishini tergov qilish va sudda koʻrish vaqtida surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sud bajaradigan harakatlar jarayoni. Jinoyat protsessi, odatda, ish qoʻzgʻatilgandan to hukm chiqarilguncha davom etadi, baʼzan esa hukmni qayta koʻrish va uning ijrosi masalalarini hal qilishni ham oʻz ichiga oladi. Jinoyat protsessi jinoyatlarni ochish va jinoyatchilarni jazolash uchun xizmat qiladi; … Читать далее

HINDGANG TEKISLIGI

HINDGANG TEKISLIGI — Shim da Himolay togʻlari bilan jan. da dekan yassitogligi oraligidagi allyuvial tekislik, Hindiston, Pokiston va Bangladssh hududila. Arabiston dengizidan Bepgaliya qoʻltigigacha 3000 km ga choʻzilgan. Kengligi 250 — 350 km. H.-G. t. alp tog oldi bukilmasi boʻlib, usgi qad. va hoz. allyuviy jinslar bilan toʻlgan. Yer yuzasi tekis, suvayirgich qismidan (bal. 270 … Читать далее

CHORTOQ MINERAL SUVI

CHORTOQ MINERAL SUVI — shifobaxsh, hidsiz va rangsiz suv. Kimyoviy tarkibi boʻyicha sulfatxloridnatriyli, suvning minerallashganligi rN=7,2 bilan 2,6 g/l va tarkibida 14 mg/l kremniy kislotasi mavjud. Suvning trasi 30°. Chortoq sh. dan 7 km shim. sharkda Chortoqsoy sohilida «Chortoq» sanatoriysi joylashgan. Bu yerda 1953-y. neogen yotqiziqdaridan tashkil topgan Chortoq strukturasida chuqur burgʻi quduqlari (ZOYU m … Читать далее

HILOLIY

HILOLIY (taxallusi; toʻliq ismsharifi Mavlono Badriddin Hiloliy Chigʻatoiy) (taxm. 15-a. 70-y. lari, Astrobod — 1529, Hirot) — fors shoiri. 1491-y. Hirotga kelib, Jomiy va Navoiy homiyligida ilmu ijod bilan shugʻullangan. «Majolis un-nafois» tazkirasida Navoiy uning kelib chiqishi turkiy qavmga mansubligini qayd etadi. «Tuhfai Somiy» («Somiy tuhfasi») asarida Sommirzo ham uning ajdodlari chigʻatoy turklaridan boʻlib, Astrobodga … Читать далее

CHORGUMBAZ MASJIDI

CHORGUMBAZ MASJIDI, Xalfa eshon masjidi — Qashqadaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (11 — 11-a. lar). Masjid bir xonali, murabba tarhli, xonaqohi toʻrt gumbazli. Gumbazi markaziy ustun va devorlariga tayangan. Ichki devorlarida koshinkori va gulganch naqshlar, tilla halli yozuvlar saklangan. Пост Навигацияси

JIZYA

JIZYA (arab. — jon soligʻi) — dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo)da musulmon boʻlmagan fuqarolardan olingan jon soligʻi. Davlat musulmon boʻlmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim boʻlgan. Shuning evaziga ulardan Jizya undirilgan. Jizya balogʻatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan … Читать далее

HIDOYATOV

HIDOYATOV Abror (1900.31.12 – Toshkent — 1958.3.10) — Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Dastlab eski maktabda oʻqigan. 1919-y. dan Mannon Uygʻur boshchilik qilgan «Turon» truppasida ishlagan. 1920—24 y. lar Neʼmat (Gʻ. Zafariy, «Halima»), drama studiyasida oʻqiydi. Studiyada yaratilgan Garpagon (J. Molyer, «Xasis»), Bob (Bill-Be-lotserkovskiy, «Aks sado»), Nasrid-din (Choʻlpon, «Yana uylanaman»), shahar hokimi (N. Gogol, «Revizor»), Kalaf … Читать далее

CHOR BAKR MEʼMORIY MAJMUASI

CHOR BAKR MEʼMORIY MAJMUASI — Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16—19-a. lar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx (q. Chor Bakr) nomi bilan bogʻliq. Shayxlar qabristoni oldiga Abdullaxon II tomonidan xonaqoh, masjid, Madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan (1559), keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Xonaqoh gumbazli xona … Читать далее