HOJIBEKOV

HOJIBEKOV Uzeir Abdul Husayn oʻgʻli (1885.17.9, Togʻli-Qorabogʻdagi Shusha sh. yaqinidagi Agjabedi qish-logʻi — 1948.23.11, Boku) — ozarbay-jon kompozitori, dramaturg, qashunos, pedagog, Xalq artisti (1938), Ozarbay-jonFAakad. (1945). Ozarbayjonda zamonaviy professi-onal musiqa sanʼ-ati va taʼlimi asoschisi. Moskvada musiqa kursi (1911) va Peter-burg konservatoriyasi (1914)da oʻqigap. Ozarbayjonda musiqa maktabi (1922), konservatoriya (1938—48 y. lar prof. va direktori; 1949-yildan … Читать далее

JIGʻOLTOY

JIGʻOLTOY (Falo subbuteo) — lochinsimonlar oilasiga mansub yirtqich qush. Kattaligi kaptardek. Osiyo, Yevropa va qisman Afrikada tarqalgan. Oʻrta Osiyoning togʻli oʻrmonlarida, bogʻ va chakalakzorlarda uchraydi. Oʻzbekistonga kelib, qishlash uchun Afrika va Hindistonga uchib ketadi. Boshqa qushlar inidan foydalanadi. 3 ta, baʼzan 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Iyun—iyulda bola ochadi. Yirik hasharotlar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. … Читать далее

CHUGʻURCHUQLAR

CHUGʻURCHUQLAR (Sturnidae) chumchuqsimonlar turkumi oilasi, 24— 26 uruqqa mansub PO turi maʼlum. Tanasining uz. 17—45 sm, vazni 50—100 g. Oyoqlari baquvvat, yerda va daraxtda harakatlanishga yaxshi moslashgan. Voyaga yetganlarining rangi qoramtir, tovlanib turadi. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliyada tarqalgan (oddiy Chugʻurchuqlar shim. Amerikaga olib kelingan). Oʻzbekistonda oddiy chugʻurchuq, soch va mayna uchraydi. Uyasini kovaklar, qoya yoriklariga, … Читать далее

JISMONIY MADANIYAT

JISMONIY MADANIYAT — umum insoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatdagi Jismoniy madaniyat holatining asosiy koʻrsatkichlari: odamlarning sogʻlomligi va jismonan chiniqqanligi, Jismoniy madaniyatning tarbiya va taʼlim sohasida, i. ch. da, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va h. k. J. m. xalq oʻyinlari, jismoniy mashqlar, sportni … Читать далее

CHURRA

CHURRA — ichki aʼzolar yoki ular bir qismining tabiiy yoki yangi paydo boʻlgan teshikdan Churra darvozasi orqali biror boʻshliqqa ichki qorin pardasi bilan chiqishi, bunda boʻshliq ichini qoplab turgan parda va terining butunligiga putur yetmaydi. Miya, koʻkrak, qorin churralari, Shmorl churrasi (umurtqalararo disk churrasi) va b. Ch. lar farqlanadi. Qorin churrasiga kiradigan chov, son, kindik, … Читать далее

HISOR

HISOR (arab. — oʻrab olmoq, chegaralamoq) — Oʻrta Osiyo xonliklarida qalʼa devori, devor bilan oʻralgan shahar, togʻli hududlardagi mudofaa istehkomi, tepalik. Loading… Пост Навигацияси Previous PostHISOB FOIZI Next PostHISOR MADANIYATI

JINGʻARCHALAR

JINGʻARCHALAR (Sorex) – sut emizuvchi hayvonlarning yer qazuvchilar oilasiga mansub bir urugʻi. Hasharotxoʻrlar turkumiga kiradi. Tashqi koʻrinishi sichqonga oʻxshaydi, lekin tumshugʻining xartumsimon choʻziqligi bilan undan farq qiladi. Tanasining uz. 30 — 80 mm. Tishlarining yuqori yarmi qizgʻish-qoʻngʻir. Yevropa va Osiyoning tundra, oʻrmon-dasht zonalarida koʻp uchraydi. Tanasining uz. 38—53 mm keladigan mitti Jingʻarchalar — hoz. eng … Читать далее

CHUKCHALAR

CHUKCHALAR (oʻzlarini luoravetlan — «haqiqiy inson» deb atashadi) — RFning Chukotka (taxm. 12 ming kishi) va Koryak (1,5 ming kishi) muxtor okruglarida yashovchi xalq. RFda jami — 15,1 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Chukcha (chukot) tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, anʼanaviy eʼtiqodlar saklangan. Asosiy mashgʻulotlari — koʻchmanchi bugʻuchilik, dengiz hayvonlarini ovlash. Пост Навигацияси

JINSIY BEZLAR

JINSIY BEZLAR, gonadalar — odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlarni hosil qiluvchi aʼzolar. Jinsiy bezlar jinsni belgilaydi. Ayollar jinsiy bezi tuxumdon odamda kichik chanoq boʻshligʻida, koʻpchilik sut emizuvchilarda buyrakning orqa Femida joylashgan. Tuxumdonning poʻstloq va magʻiz (miya) qavati boʻlib, unda koʻplab follikulalar mavjud, ularning har birida bitta tuxum yetiladi. Tuxumdonda … Читать далее