HINDUIYLIK

HINDUIYLIK, hinduizm d-unyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikga eʼtiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Jan. Afrikada, Jan.sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi eʼtiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiylik veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq eʼtiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda hukmron mafku-raga aylangan.

Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi taʼlimot yotadi. Unga koʻra, kishi oʻlgandan keyin joni (ruhi) yangi oʻsimlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tugʻiladi. Yangi ruhning qay darajada boʻlishi karma qonuniga, yaʼni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bogʻliq. Hinduiylikning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tugʻilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, yaʼni mokshaga erishish. Hinduiylik dagi turli diniy-falsafiy taʼlimotlar mokshaga erishishning yoʻllari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta H. ka falsafiy asos boʻlib xizmat qildi. Hinduiylikka eʼtiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga koʻmilmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduiylikga koʻra shunday qilinsa marh-um poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli boʻlgan jonning oʻzini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga koʻra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yoʻq. Chunki unga taʼsir etishga qodir boʻlgan kuchning oʻzi yoʻq. Hinduiylikda ajdodlar ruhiga topinish alohida oʻrin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urugʻlarini qoʻriqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.

Hinduiylikning muqaddas kitobi vedalar, «Mahobxarata» (ayniqsa uning «Bahagavadgita» va «Ramayana» qismlari) va b. H. da asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sigʻiniladi. Ularning koʻrinishi sifatida koʻplab mahalliy xudolar eʼtirof etiladi. Hinduiylikda togʻlar, daryolar (xususan, Gang), oʻsimlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. turli gʻayritabiiy hodisalar ham sigʻinish obyekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi Hinduiylik 2 oqimvishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x