QAYROQQUM SUV OMBORI

QAYROQQUM SUV OMBORI — Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va Uzbekiston hududida). Sirdaryoni toʻsgan Qayroqqum gidrouzeli toʻgʻoni bilan hosil qilingan; 1956—58 yillarda toʻldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km2, foydali hajmi 2,6 mlrd. m3. Uz. 60 km, maksimal eni 20 km, oʻrtacha chuq. 8,2 m, maksimal chuq. 30 m. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman … Читать далее

IRTISH-QARAGʻANDA KANALI

IRTISH-QARAGʻANDA KANALI — Qozogʻiston Respublikasidagi yirik kanal. I. – Q. k. Irtish daryosidan (Pavlodar viloyati Yermek sh. dan 5 km uzoqlikda) boshlanib, Markaziy Qozogʻiston hududini shim. sharqdan janu-bi-gʻarbga kesib oʻtadi va Jezqazgʻan shahri yaqinida tugaydi. Kanal qurilishi 1974-y. da tugallangan, uning 1navbati (uz. 458 km) 1962—67 y. larda qurilgan. Suv 22 bosqichda nasoslar orkali 420 … Читать далее

KOSONSOY SUV OMBORI

KOSONSOY SUV OMBORI — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida joylashgan gidrotexnika inshooti. Fargʻona vodiysidagi dastlabki suv omborlaridan biri, vodiyning shim.-sharqida (Namangan sh. dan 50 km shim.-gʻarbda). Kosonsoy daryosi rejimini tartibga solish, sel suvlarini toʻplash maqsadida Kosonsoy vodiysining toraygan Oʻrtatoʻqay botigʻida barpo etilgan. Qurilish 1941-y. da boshlanib, 1948-y. da 100 mln. m3 hajmdagi suv ombori foydalanishga … Читать далее

DAHANA

DAHANA — 1) daraning ogʻzi; 2) daryoning etagi; 3) koʻchaning kiraverish joyi; 4) boʻgʻoz; 5) ariq yoki kanal boshlangan joy, yaʼni toʻgʻon boshi, quloq; biron katta arikdan keladigan suvni taqsimlash uchun ariqning koʻndalangiga toʻsin (kunda) tashlanar, shu toʻsinning bir necha joyi kertib qoʻyilar edi. Ana shu kertik Dahana deyilgan. Har bir kertikdan chiqqan suv bir … Читать далее

GʻAZALKENT GIDROUZELI

GʻAZALKENT GIDROUZELI — Chir chiq daryosidagi gidrotexnika inshooti. 1940-y. da qurilgan. Toʻgʻonning umumiy uz. 544 m. Toʻgʻon ostonasi daryo oʻzanidan 1,5 m yuqorida qurilgan. Toʻgʻon 115° burchak ostida qurilgan toʻsiqli va tuproqli qismlan iborat. Toʻsikli qismining uz. 94 m; har qaysisining eni 14 m dan boʻlgan 5 darvozadan iborat. Toʻgʻon darvozalari toʻliq ochilganda sekundiga 2300 … Читать далее

ZILZILA

ZILZILA, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Zilzila lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Zilzilalar deyiladi. Ular … Читать далее

ZARAFSHON

ZARAFSHON (fors, zar — oltin, afshon — sochuvchi) — Tojikiston va Oʻzbekistondagi dare. Avesto yodgorliklarida «Daytiya» — «Ezgu suv» deb yuritilgan; yunonlar hukmronligi davrida «Daytiya» soʻzi yunonchaga aynan tarjima qilinib, Politimet — «Koʻp ezgu suv» deb atalgan; daryoning Sugd, Jirt, Jon, Somjan shaklidagi nomlari ham maʼlum; pahlaviy (qad. forscha) tilida «Nomiq» («Mashhur», «Ezgu»), fors tilidagi … Читать далее

IORDAN

IORDAN, Nahr ushshariʼa — Gʻarbiy Osiyodagi daryo, koʻp qismi Iordaniya xududida. Uz. 252 km. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yoʻnalishdagi Hor (Alhor) tektonik choʻkmasidan oqib, chuchuk suvli Havla va Tabariya (Gʻani-saret) koʻllari orqali oʻtadi va Oʻlik dengizga quyiladi. Iordanning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan oʻtgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt … Читать далее

ZARAFSHON SUVAYIRGʻICH KOʻPRIGI

ZARAFSHON SUVAYIRGʻICH KOʻPRIGI — Samarqand sh. markazidan 7 — 8 km shim. sharkda, Zarafshon daryosining soʻl qirgʻogʻida pishiq gʻishtdan qurilgan koʻprik. U tarixiy adabiyotlarda «Temur ravogʻi», «Puli Shodmon malik», «Abdullaxon koʻprigi» va «Shayboniyxon suvayirgʻich koʻprigi» nomlari bilan yuritiladi. Garchi koʻprik tarixi Amir Temur va Abdullaxon nomi b-n bogʻlansada, aslida u 16a. boshida Shayboniyxon tomonidan kurilgan. … Читать далее

KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI

KATTAQOʻRGʻON SUV OMBORI — gi-drotexnika inshooti, Oʻzbekistonda birinchi qurilgan suv ombori. Kattaqoʻrgʻon sh. yaqinida tabiiy chuqurlikda barpo etilgan. Kattaqoʻrgʻon suv ombori Zarafshon vodiysidagi ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi va Zarafshon (Qoradaryo) daryosi suv rejimini tartibga soladi, sel va toshqin suvlarini jamgʻaradi. 1940—51 y. lar davomida qurilib, foydalanishga topshirildi. Kattaqoʻrgʻon suv omborining asosiy inshooti kompleksi suv … Читать далее