GIGANTOPITEKLAR

GIGANTOPITEKLAR (Gigantopithe-cus) — qirilib bitgan yuksak primatlar urugʻi. Gigantopiteklarning suyak qoldiqlari (pastki va yuqori katta oziq, tishlari)ni birinchi marta 1935-y. Jan. Xitoyda erta pleyston qatlamlarida Gollandiya olimi Kengsvald topgan. Bu topilma kaynazoyning toʻrtlamchi davriga mansub. 1959-y. da Xitoy olimlari Pey Ven Chjun va Li ham Guansi viloyatidagi gʻorlardan Gigantopiteklarning uchta butun pastki jagʻlari va juda … Читать далее

GEOLOGIYA VA GEOFIZIKA INSTITUTI

GEOLOGIYA VA GEOFIZIKA INSTITUTI — Oʻzbekiston FA H. M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti — Oʻzbekistondagi yirik i. t. muassasalardan biri. 1937-y. Oʻzbekiston XKS qoshidagi Oʻzbekiston fanlar komiteta (1943-y. dan, UzFA)ning geol. va mineral resurslar i. t. sektorlarining gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi negizida Toshkent sh. da tashkil etilgan. 1959-y. da in-tdan Neft va gaz … Читать далее

GUYYAN

GUYYAN — Xitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln. dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi z-dlar va b. sanoat korxonalari bor. G. yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. … Читать далее

GUANDUN

GUANDUN — Xitoy jan. dagi provinsiya, Jan. Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km2. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Maʼmuriy markazi — Guanchjou (Kanton). Guandun hududi bal. 1800 — 1900 m boʻlgan togʻ, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat. Iqlimi subtropik, jan. da tropik. Pasttekisliklarda yanv. ning oʻrtacha t-rasi 8 — 16°, … Читать далее

BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOGʻI, Oʻzbekiston FA Botanika instituti va botanika bogʻi — Toshkent sh. dagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda oʻsadigan oʻsimliklar dunyosi har tomonlamaoʻrganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, oʻsimliklar introduksiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Botanika in-ti 1932-y. da Oʻzbekiston Fanlari qoʻmitasi qoshidagi oʻsimliklar xom ashyosi … Читать далее

GEOGRAFIYA

GEOGRAFIYA (yun. geo… va…grafik) — Yerning geografik qobigʻi, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi b-n ifodalaganlar. Geografiya terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194-y. larda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda 9 — 10-a. lardan boshlab Geografiya soʻzi maʼnosida «surati … Читать далее

BEHIGUL

BEHIGUL (Chaenomeles japonica) — raʼnodoshlar oilasiga mansub buta. Boʻyi 1,5—2 m. Barglari toʻgarak yoki uzunchoqtuxumsimon. Erta bahorda barg chiqarmasdan yoki barg chiqarishi b-n gullaydi. Gullari kizil, pushti, baʼzan oq rangda toʻp boʻlib (2—6 tadan) joylashadi. Vatani—Yaponiya va Xitoy. Oʻzbekistonda Behigulning erta bahorda gullaydigan turi xushmanzara oʻsimlik sifatida istirohat bogʻlariga ekiladi. Пост Навигацияси

BADIIY BUYUMLAR

BADIIY BUYUMLAR — chiroyli shakllarda bezatib ishlangan, turli maqsadlarda foydalaniladigan nafis buyum va zeb-ziynatlar. Uy-roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, mehnat qurollari, badiiy gazlama, gilam, palos, soʻzana, qurol-aslaha, mebel kabi moddiy madaniyat asarlari, tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, bezak sanʼati mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Baʼzi mamlakatlar oʻz Badiiy Buyumlari bilan mashhur (xitoy chinnisi, eron gilami, hind fil suyagi mahsulotlari, … Читать далее

BATUN PIYOZI

BATUN PIYOZI (Allium fi stulosum L.) — koʻp yillik sabzavot ekini. Bosh piyoz hosil qilmaydigan, asosan, barrasi (bargi) uchun ekiladigan piyoz turi. Vatani Xitoy va Mongoliya. Bir joyda 3—4 yil oʻsadi. Bargi 25 — 30 sm ga yetganda yigʻishtirib olinadi. Hosiddorligi 300 s/ga. Tarkibida S vitamini koʻp. Koʻk holida isteʼmol etiladi. Urugʻi va bachkidan koʻpaytiriladi. … Читать далее

BESHBALIQ

BESHBALIQ, Beshbaligʻ [turkiycha Beshshahar; xitoycha Beytin (Shimoliy shahar)] —Sharqiy Turkistondagi qad. shaharlardan (mil. 1—14-a. 1-yarmi). Xitoydagi Szimus sh. dan taxm. 10 km shim. dagi Xupuszi qishlogʻi yaqinida xarobalari saqlangan. Xitoy manbalariga koʻra shahar qad. zamonlarda (mil. 25—220-y. lardagi Kichik Xan sulolasi hukmronligi davrida) mahalliy hokim qarorgohi — KaganStupa boʻlib, 7-a. ga kelib Szinman va Beytin … Читать далее