STOMATIT

STOMATIT (yun. stoma — ogʻiz, itis — yalligʻlanish) — ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Stomatit mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, fipp, kandidoz) belgisi boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tilda boʻlsa — glossit, milkda boʻlsa — gingivit deyiladi, bulardan har birining oʻziga xos belgilari bor. S. moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz, diabet), nerv va ichki … Читать далее

OGʻRIQ QOLDIRUVCHI DORILAR

OGʻRIQ QOLDIRUVCHI DORILAR — ogʻriq sezgisini yoʻqotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va taʼsir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi. Ogʻriq qoldiruvchi dorilardan nerv sistemasiga taʼsir etib, ogʻriqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy oʻrinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va nonarkotik analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfin, va uning sintetik oʻrindoshlari (promedol, fentanil va b.) kiradi. Narkotik analgetiklar … Читать далее

STOMATOLOGIYA

STOMATOLOGIYA (yun. stomatos — ogʻiz va… logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari: til, lab, lunj, ogʻiz shilliq pardalari hamda yuzjagʻ sistemasi va unga yondosh soha kasalliklarini, ularni keltirib chikaradigan sabablarni va mazkur kasalliklarning oldini olish usullarini oʻrganadi. Ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari Gippokrat, Ibn Sino, Galen, Sels va b. olimlar tomonidan tavsiflangan. Ibn … Читать далее

LAB BICHILISHI

LAB BICHILISHI, angulit — ogʻiz burchaklarida paydo boʻladigan yoriqlar va yassi qavariqlar. Infeksion kasallik, bunda ogʻiz burchagining shilliq qavati va terisi zararlanadi. Organizmda V2 vitamin yetishmasligi, milk kasalliklari, nordon va achchiq ovqatlarni muntazam isteʼmol qilish, koʻp soʻlak ajralishi, ogʻiz boʻshligʻini yaxshi parvarish qilmaslik va b. sabab boʻladi. Stafilokokklar, streptokokklar, ayrim takomillashmagan zamburugʻlar (q. Bakteriyalar) qoʻzgʻatadi. … Читать далее

SHPINDEL

SHPINDEL (nem. urchuq) — 1) metall qirqish stanogining ish vali. Unga asbob (freza, parma, jilvir tosh va boshqalar) yoki ishlov beriladigan buyum mahkamlanadi. Shpindel tishli va tasmali uzatma orqali yoki bevosita elektr dvigatel yoki havo turbinasidan harakatga keltiriladi; 2) prokat stani vallarini aylanma harakatga keltiruvchi oraliq val. Sh. ning bir uchiga prokatlash vali (joʻva), ikkinchi … Читать далее

SHOVOT TUMANI

SHOVOT TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Qoʻshkoʻpir, jan. sharqdan Urganch, sharkdan Yangibozor, shim. sharkdan Gurlan tumanlari, shim., shimgʻarb va gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,46 ming km2. Aholisi 126,2 ming kishi (2004). Tumanda 1 shaharcha (Shovot), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshmertan, Boʻyrachi, Ijtimoiyat, Katqalʼa, Xitoy, Chigʻatoyqalʼa, Choʻqli, Shovotqalʼa, … Читать далее

GEMORRAGIK DIATEZ

GEMORRAGIK DIATEZ (yun. hai-morrhagikos — qon ketishiga moyil, diathesis — moyillik ) — qon ketishiga moyillik bilan davom etadigan turli holatlar (teri, boʻgʻimlarga qon quyilishi; burun, milk qonashi, bachadon, buyrakdan qon ketishi, pichoq kesganda, tish oddirganda koʻp qon ketishi). Arzimagan sabab (mas, kichik jarohat yoki lat yeyish) bilan toʻsatdan qon oqishi yoki toʻqimaga quyilishi mumkin. … Читать далее

YANGIARIQ TUMANI

YANGIARIQ TUMANI — Xorazm viloyatidagi tuman, 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shim. dan Xonqa, sharqdan Bogʻot, gʻarbdan Xiva tumanlari, jan. dan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,40 ming km2. Aholisi 84,5 ming kishi (2005). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gullanbogʻ, Gulobod, Kattabogʻ, Ostona, Oxunboboyev, Tagan, Chigʻirchi, Yangiariq, Quruqtom) bor. Markazi — Yangiariq qishlogʻi. Tabiati. Tuman hududi … Читать далее

OMOCH

OMOCH — ulov (ot, hoʻkiz) qoʻshib yer haydaladigan yogʻoch asbob. Qad. (hali traktor va plug boʻlmagan davrlar)da asosiy yer haydash quroli hisoblangan. Omoch, asosan, 3 qism: tana, quloq va oʻqdan iborat boʻlgan. Omoch qismlari qat-tiq yogʻochdan tayyorlanadi. Tananing old tomoni uchli boʻlib, unga tish (metall tigʻ) kiydirilgan (shu tigʻ bilan yerni agʻdarib ketgan). Quloq — … Читать далее

JAGʻ

JAGʻ — 1) hayvonlarda oziqni tutib turish va maydalash funksiyasini bajaradigan aʼzo. Boʻgʻimoyoqlilarda Jagʻ funksiyasini shaklan oʻzgargan bosh oʻsimtalari: oyoqjagʻlar, mandibulalar, maksillalar, xemitseralar, pedipalpalar (oyoqpaypaslagichlar) bajaradi. 2) Jagʻogʻizli hayvonlar va odamda — yuz skeletining bir qismi. Jagʻ evolyutsiya jarayonida dastlab baliqlarda hosil boʻlgan. Togʻayli baliqlarning togʻaydan iborat birlamchi Jagʻi plakoid tangachalardan vujudga keladi. Suyakli balikdar, … Читать далее