INFEKSIYA

INFEKSIYA (lot. infi cere — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, koʻpayishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm oʻrtasida oʻzaro murakkab munosabat vujudga kelishi. «Infeksiya» termini baʼzan boshqa maʼnoda — kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi. Infeksiya kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon … Читать далее

IMMUNLI NAV

IMMUNLI NAV — q. x. oʻsimliklarining kasallikni butunlay yuqtirmaslik (immunitet) xususiyatiga ega boʻlgan navi. Immunli nav oʻsimliklari kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni yengish va ular ajratadigan zaharli moddalarni zararsizlantirish qobiliyati (himoya reaksiyasi) ga ega boʻladi. Bunda oʻsimliklar kasallikka mutlaqo chalinmaydi yoki kasallik qoʻzgʻatuvchilar organizmda kasallanish jarayonini qoʻzgʻatishga ulgurmasdan, yuqish davrining boshidayoq nobud boʻladi. Navlarda immunitet koʻpincha mazkur … Читать далее

IMMUNOGLOBULINLAR

IMMUNOGLOBULINLAR (Ig) – umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobidagi antitelolar faolligiga ega boʻlgan globulyar oqsillar guruhi. Immunoglobulinlar molekulasi ikkita bir xil yengil va ikkita bir xil ogʻir polipeptid (q. Peptidlar) zanjirlardan iborat boʻlib, ular oʻzaro, asosan, disulfid ( — S—S—) bogʻlar b-n bogʻlangan. Immunoglobulinlarning bunday toʻrt zanjirli tuzilishi davomiy qaytarilib, dimerlar (IgA) yoki pentamerlar (IgM) … Читать далее

IMMUNOGENETIKA

IMMUNOGENETIKA (immunitet va genetika) — immunitetning genetik mexanizmini oʻrganadigan biologik fan. I. immunitet va immun reaksiyalar boshqarilishi asosini tashkil etadigan irsiylanish va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarini oʻrganadi hamda immunologik metodlar yordamida immunitetning genetik mexanizmlarini ochib beradi. Immunogenetika 20-a. boshlarida odam va hayvonlar qon guruxlarining oʻrganilishi hamda organizmning toksinlar yoki infeksiyalarga taʼsirchanligi ularning irsiy xususiyatlariga bogʻlikligi aniqlanishi bilan … Читать далее

INFEKSION KASALLIKLAR

INFEKSION KASALLIKLAR — patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga «yuqumli kasalliklar» termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda («kontakt» yoʻli b-n) yuqmaydi, … Читать далее

GNOTOBIONTLAR

GNOTOBIONTLAR (yun. gnotos — maʼlum va biotos — hayot, tiriklik) — mikroorganizmlardan tamoman xoli boʻlgan hayvonlar. G. ni ilmiy tadqiqot ishlari uchun steril sharoitda yetishtiriladi. Baʼzan biror mikroorganizm b-n maxsus zararlangan hayvonlarni ham Gnotobiontlar deyiladi. Mikrobsiz hayot mumkinligi toʻgʻrisidagi gʻoyani birinchi marta L. Paster (1885) oʻrtaga tashlagan edi, ammo faqat 20-a. ning 40-y. lari oxiriga … Читать далее

GERPES

GERPES (herpes; lot. herpo — oʻrmalab yurmoq) — viruslar qoʻzgʻatadigan kasallik, bunda badanning turli qismida teri qizarib, gʻuj-gʻuj mayda pufakchalar hosil boʻladi. Kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi hisoblanib, sogʻlom kishiga ular bilan muloqotda boʻlganda yuqadi. Sovqotish, shamollash, intoksikatsiya, infeksion kasalliklar (gripp, zotiljam va b.) oqibatida paydo boʻlishi mumkin. Oddiy va oʻrab oluvchi Gerpes farq … Читать далее

YOMON JAROHAT

YOMON JAROHAT, — Borovskiy kasalligi, Toshkent yarasi, Qoʻqon yarasi — leyshmaniozning bir xili, teri leyshmaniozi. Infeksiyani tarqatuvchi iskabtoparlar bor joyda — Yevropaning Oʻrta dengiz boʻyidagi mamlakatlarida, Shim. Afrikada. Kichik va Jan. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonda uchraydi. Leyshmaniya yuqqan iskabtopar badanni chaqib, gʻudda (doʻmbogʻcha) qiladi, keyin bu gʻudda yaraga aylanadi. Yomon jarohatning ikki … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее

BOYARLAR

BOYARLAR (turkiycha bajar — amaldor, boy er, janob) — 1) 9—17-a. larda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi. Kiyev davlatida — urugʻqabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar — vassallar va knyaz dumasi aʼzolari, yirik yer egalari. Ularning oʻz vassallari boʻlib, shaxsiy daxlsizlik (immunitet) imtiyoziga hamda boshqa knyazlar huzuriga ketish huquqiga ega boʻlganlar. Hududiy tarqoqlik davrida — eng … Читать далее