YOMON JAROHAT

YOMON JAROHAT, — Borovskiy kasalligi, Toshkent yarasi, Qoʻqon yarasi — leyshmaniozning bir xili, teri leyshmaniozi. Infeksiyani tarqatuvchi iskabtoparlar bor joyda — Yevropaning Oʻrta dengiz boʻyidagi mamlakatlarida, Shim. Afrikada. Kichik va Jan. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonda uchraydi. Leyshmaniya yuqqan iskabtopar badanni chaqib, gʻudda (doʻmbogʻcha) qiladi, keyin bu gʻudda yaraga aylanadi. Yomon jarohatning ikki xili uchraydi:

1) shaharga xos xili (quruq xili, Ashxobod yarasi) — yashirin davri 6—8 oy, kasallik 8—12 oy (baʼzan ortiq) davom etadi; infeksiya bemordan tarqaladi;

2) choʻlga yoki qishlokda xos xili (hoʻl xili, Pendi yarasi) — yashirin davri 10—12 kun, kasallik 2—4 oy davom etadi. Infeksiya leyshmaniya yuqqan kemiruvchi hayvonlar (kum sichqon, yumronqoziq va b.) dan, shuningdek, kasal kishilardan tarqaladi. Yomon jarohat boʻlib oʻtgan organizmda mustaxkam immunitet vujudga keladi. Yomon jarohat gʻuddaligida davolanmasa, yara bitgach, oʻrni chandiq boʻlib qoladi. Oldini olish. Uyjoy atrofidagi kemiruvchilar, ularning uyasi va iskabtoparlarni yoʻqotish, pashshaxona tutish, repellentlar (hasharotlardan saqlanish uchun badanning ochiq joylariga surtiladigan va kiyimboshlarga purkaladigan kimyoviy moddalar)dan foydalanish tavsiya etiladi. Yomon jarohat tarqalgan joyga koʻchib keluvchilar ehtiyotdan emlanadi, natijada Yomon jarohatning shahar va qishloqxiliga qarshi immunitet tez vujudga keladi. Yomon jarohat hozir deyarli yoʻqotilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x