BYUDJETDAN MOLIYALASH

BYUDJETDAN MOLIYALASH — davlat (mahalliy) byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (taʼminlash) b-n bogʻliq xarajatlarga pul mablagʻlari ajratish. Byudjetdan moliyalash umumdavlat maqsadlaridagi tadbirlarni bajarish, toʻla yoki qisman davlat pul taʼminotida boʻlgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlarning xarajatlari uchun pul vositalari (byudjet assignatsiyalari) ajratish shaklida amalga oshiriladi. Maye, davlat boshqaruvi mahkamalari, armiya, militsiya, … Читать далее

BEN

BEN (Bain) Aleksander (1818.11.6 Aberdin, Shotlandiya — 1903.18.9) — ingliz psixologi, assotsiativ psixologiya namoyandasi. Buyuk Britaniyadagi Aberdin un-ti prof. (1860). 2 jildli «Mantiq» asarida (1870) tabiiy fanlarga mantiqiy usullarni qoʻllanishning barcha uslublarini mufassal bayon qilgan. Bundan tashqari inson miyasi va uning nerv sistemasida yuz beruvchi fizik jarayonlarni psixologik tadqiq qilish bilan shugʻullangan. Uning asarlari fiziologik … Читать далее

BUGʻLATISH

BUGʻLATISH (kimyoda) — eritmalarni qaynatib quyultirish. Bugʻlatishda erituvchining bir qismi bugʻlanib chiqadi. Erituvchining qolgan qismi ham bugʻlatilsa, kristallanish yuz beradi, bunda erigan qattiq moddalar ajraladi. Eritmalarning qaynash t-rasi doimo erituvchilar qaynash t-rasidan yuqori boʻladi; bu ayirma temperatura depressiyasi deb ataladi, erigan modda konsentratsiyasi hamda bosim ortishi bilan bu ayirma oshib boradi. Eritmalar har xil qurilmalarda … Читать далее

BUGʻ OʻTKAZGICH

BUGʻ OʻTKAZGICH — bugʻ uzatish qurilmasi. Odatda, yaxlit choʻzilgan poʻlat quvurlardan yasaladi. Past (1,2 MPa gacha) bosimli Bugʻ oʻtkazgichlar flanes yordamida, oʻrta va yuqori bosimlilari esa payvandlab biriktiriladi. Bugʻ kondensatini olib ketish uchun Bugʻ oʻtkazgich bugʻ yoʻnalishi tomonga 2—3% qiyalantirib oʻrnatiladi, suvayirgʻich va drenaj qurilmalar bilan jihozlanadi. Bugʻ oʻtkazgichning bugʻni berkitish va rostlash organlari sifatida … Читать далее

BUQOQ OHU

BUQOQ OHU (Gazella gutturasa) gʻizollar urugʻining bir turi. Kuvushshoxlilar oilasiga mansub. Erkagi dzeren, urgochisi sergakchin deb ataladi. Markaziy Osiyoda tarqalgan. Mongoliyaning shim. sharqida va Qozogʻistonning Chu choʻllarida koʻp uchraydi. Qirli choʻllarda, baʼzan togʻli yerlarda yashaydi. Qomati kelishgan. Tanasining uz. PO sm, boʻyi 80 sm, ogʻirligi 50 kg gacha. Oyoqlari uzun va ingichka, tuyoqlari ixcham. Qorni … Читать далее

BUYUK TEKISLIKLAR

BUYUK TEKISLIKLAR — togʻ oldi platosi, Shim. Amerikaning Sharqiy Kordilyera togʻlariga tutashib ketgan, AQSH va Kanada hududida. Jan. sharqdan shim. gʻarbga 29° sh. k. dan 62° sh. k. gacha 3600 km uzunlikka choʻzilgan, kengligi 550—800 km. Geologik jihatdan Shim. Amerika (Kanada) platformasining chekka kismi. Kristall jinslar, ohaktosh, qumtosh va lyosslar bilan qoplangan. Bal. sharqda 500 … Читать далее

BUYUK BRITANIYA

BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, … Читать далее

BUXORXUDOTLAR HOKIMLIGI

BUXORXUDOTLAR HOKIMLIGI — Buxorxudotlar idora qilgan kichik davlat (6—8-a. lar). Poytaxti Buxoro sh. Hududi hoz. Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Korakoʻl tumanlari yerlaridan iborat boʻlgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar b-n birgalikda boshqarganlar. 715-y. Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim oʻldirilgach, buxorxudotlar Buxorxudotlar hokimligini bir yil davomida mustaqil idora … Читать далее

BUXORO XONLIGI

BUXORO XONLIGI (amirligi) — uzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-a. boshlari). 1533-y. gacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-y. Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni … Читать далее