BUQOQ OHU

BUQOQ OHU (Gazella gutturasa) gʻizollar urugʻining bir turi. Kuvushshoxlilar oilasiga mansub. Erkagi dzeren, urgochisi sergakchin deb ataladi. Markaziy Osiyoda tarqalgan. Mongoliyaning shim. sharqida va Qozogʻistonning Chu choʻllarida koʻp uchraydi. Qirli choʻllarda, baʼzan togʻli yerlarda yashaydi. Qomati kelishgan. Tanasining uz. PO sm, boʻyi 80 sm, ogʻirligi 50 kg gacha. Oyoqlari uzun va ingichka, tuyoqlari ixcham. Qorni oq, yelkasi va biqini yozda sargʻish qumrang, qishda ochroq boʻladi. Dumi kalta. Erkagida halqa boʻgʻimli uzun qora shox bor, urgʻochisi shoxsiz. Buqoq ohu shuvoq, burgan kabi oʻtlar bilan oziqlanadi. May — iyunda bitta, baʼzan ikkita bola tugʻadi. Boshqa ohular kabi kichikroq poda boʻlib yuradi. Goʻshti mazali. Ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x