BUXORXUDOTLAR HOKIMLIGI

BUXORXUDOTLAR HOKIMLIGI — Buxorxudotlar idora qilgan kichik davlat (6—8-a. lar). Poytaxti Buxoro sh. Hududi hoz. Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Korakoʻl tumanlari yerlaridan iborat boʻlgan. Arablar Buxoroni fath etgandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar b-n birgalikda boshqarganlar. 715-y. Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim oʻldirilgach, buxorxudotlar Buxorxudotlar hokimligini bir yil davomida mustaqil idora kilganlar. 8-a. ning 3choragida arablar butun Movarounnaxrni fath etib, buxorxudotlarni rasman oʻz oʻrinlarida qoldirgan boʻlsalarda, hokimiyatni amalda toʻlaligicha oʻzlari boshqarganlar. 782-y. soʻnggi buxorxudot Bunyod Muqanna qoʻzgʻolonini qoʻllab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan katl etilib, Buxorxudotlar hokimligi bartaraf etilgan.

Buxorxudotlar hokimligi hududi arxeologi k jihatdan mukammal oʻrganilmagan. Tarixiy manbalar (mas, Narshaxiy, «Buxoro tarixi») da keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Buxorxudotlar hokimligida bir qancha mustahkam qalʼali shaharlar boʻlgan, ularda madaniyat, hunarmandchilik, savdo-sotiq taraqqiy etgan. Buxorxudot Kono Buxorxudotlar hokimligida birinchi boʻlib oʻzining tasviri va uning ostiga «Buxoro hokimi» degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar (dirhamlar) chiqargan. Bunday tangalar arxeologik qazishmalar vaqtida koʻplab topilgan. Narshaxiy oʻzining «Buxoro tarixi» asarida buxorxudotlardan bir nechasining nomini keltirgan boʻlib, ular orasida Kono va Abruy (Abarzi) degan ismlar ham mavjud. Tarixchi Gʻ. Gʻoibovning «Arablarning Oʻrta Osiyoga qilgan ilk yurishlari» (Dushanba, 1989) nomli asarida esa buxorxudotlar vakillari quyidagicha tartibda bayon qilingan: Bidun (?—673), Xoʻtak xotun (673692), Tugʻshoda I (692—724), Tugʻshoda II (724—738), Qutayba ibn Tugʻshoda (738—753), nomaʼlum buxorxudot (Tugʻshoda III) (753—768), Sukon (768775), Bunyod (7757-82).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x