MARTOS Ivan Petrovich

MARTOS Ivan Petrovich [1754, Ichnya, hoz. Ukrainaning Chernigov viloyati — 1835.5(17).4, Peterburg] — rus haykaltaroshi, rus klassitsizmining yirik namoyandasi. Peterburg BAda taʼlim olgan (1764—73). Rimda yashab (1773 — 79) antik haykaltaroshlikni oʻrgangan, ulardan nusxalar yaratgan. Peterburg BAda dare bergan (1779—1835; 1814-y. dan rektor). M. ijodining dastlabki davrlarida portret (haykal)lar yaratgan (N. I. Panin, 1780; A. … Читать далее

MANIZER Matvey Genrixovich

MANIZER Matvey Genrixovich [1891.5(17).3, Peterburg – 1966.20.12, Moskva] — rus xdykaltaroshi. BAning haqiqiy aʼzosi (1947); BA vitse-prezidenti (1947—66). Shtiglis rayem chizish markaziy bilim yurti (1908—09), Peterburg BA (1911 —16)da taʼlim olgan. Manizer, asosan, monumental bronza haykaltaroshligi sohasida ijod qilgan; uning ijodiga soʻnggi akademiya maktabi anʼanalarining taʼsiri kuchli. Manizer asarlari gʻoyasining dolzarbligi, real, umumlashma obrazi bilan … Читать далее

MATISS

MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simyez, Nissa yaqinida) — fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891-y. dan), Bezak sanʼati maktabi (1893-y. dan) va Nafis sanʼat maktabi (1895— 99)da taʼlim olgan. Sharqsanʼ-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. Matiss … Читать далее

MALAKA OSHIRISH

MALAKA OSHIRISH, Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash (OʻzRda) — uzluksiz taʼlim tizimi turlaridan biri, xalq xoʻjaligining barcha sohasida ishlovchi mutaxassislar va rahbar xodimlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish jarayoni. Kadrlarning raqobatbardoshlik sifatlari hamda bilim va koʻnikmalarining zamon talablariga javob bera oladigan darajada boʻlishini taʼminlaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash har bir … Читать далее

MAGISTR

MAGISTR (lot. magister — boshliq, ustoz) — 1) Qad. Rimda bir necha lavozim (mas, diktator yordamchisi, imperiyaning soʻnggi davrida bosh qoʻmondon). Keyinchalik Yevropada ulugʻ magistr (grossmeyster) — katolik ruhoniy-ritsarlar jamoasining boshligʻi; 2) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy … Читать далее

MOSKVA KONSERVATORIYASI

MOSKVA KONSERVATORIYASI, P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriya s i — Rossiyadagi eng yirik musiqa oʻquv yurti. Rus musiqa jamiyati tomonidan, N. Rubinshteyn (M. k. ning birinchi direktori) tashabbusi bilan 1866-y. da ochilgan. Kompozitor va musiqashunoslar, operasimfonik va xor dirijyorlari, xonanda, sozandalar tayyorlovchi va malaka oshirish f-tlari, aspirantura, bir nechta lab. lar, ilmiymusiqiy kutubxona, … Читать далее

MUALLIFLIK HUQUQI

MUALLIFLIK HUQUQI — keng maʼnoda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Top maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquklar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi h – boʻyicha munosabatlar har bir … Читать далее

MUGʻANNIY

MUGʻANNIY Safo (taxallusi; asl ism-sharifi Olloberganov Safo; 1882, Xiva yaqinidagi Gandimiyon qishlogʻi — 1940) — shoir, bastakorsozanda, jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1936). XXSR maorif nozirligida madaniyat boshqarmasi boshligʻi (1920—22), yersuv islohotini oʻtkazish davrida yer shoʻbasi raisi (1925—26), Urganch tumani ijroiya qoʻmitasi raisi (1927— 28), Xorazm okrug teatrida rejissyor (1929—37); ayni paytda oʻqituvchilik b-n shugʻullangan (1935 … Читать далее

MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI

MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institut i (MRDI) — tasviriy va amaliy bezak sanʼati boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻkuv yurti. In-t rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat ustalari, dizayner, sanʼatshunos va muzeyshu-noslar tayyorlaydi. 1954-y. Toshkent teatr sanʼati in-ti tarkibida rassomlik sanʼati f-ti ochilib, in-t Toshkent teatr va … Читать далее

MARGʻILON

MARGʻILON — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining jan. qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona sh. dan 10—12 km shim. da, 475 m balandlikda. Yaqin t. i. stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha t-rasi 25—26°, yanv. niki —3,5°. M. ning jan. chekkasidan Jan. Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi … Читать далее