MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI

MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institut i (MRDI) — tasviriy va amaliy bezak sanʼati boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻkuv yurti. In-t rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat ustalari, dizayner, sanʼatshunos va muzeyshu-noslar tayyorlaydi. 1954-y. Toshkent teatr sanʼati in-ti tarkibida rassomlik sanʼati f-ti ochilib, in-t Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tiga aylantirilgan; 1990-y. dan Mannon Uygʻur nomidagi sanʼat in-ti. 1997-y. da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Sanʼat in-ti tarkibidan ajralib chiqdi va Oʻzbekiston BA tarkibida hoz. nomida tashkil etildi. In-t tarkibida 4 f-t (tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, sanʼatshunoslik, malaka oshirish va qayta tayyorlash), kompyuter sinfi, oʻquv-ijodiy ustaxonalar, kutubxona bor. Taʼlim akademik realistik rangtasvir maktabi anʼanalari asosida olib boriladi, birok, talabalarning ijodiy erkinligi cheklanmagan; in-tda magistratura, aspirantura, ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi; oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, dasturlar va b. yaratiladi. 2002 — 2003 oʻquv yilida 716 talaba taʼlim oldi; 200 dan ortiq pedagoglar, shu jumladan, 9 ta akademik, 19 ta fan d-ri va prof., 31 ta fan nomzodi va dotsent hamda boshqa oʻz kasbining ustalari malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qoʻshmoqda.

In-t tarixi va anʼanalari badiiy taʼlim ustalarining bir necha avlodlari ijodlari bilan chambarchas bogʻliq. O. Tatevosyan, V. Urmanchi (rangtasvir), M. Saidov, V. Riftin, E. Kalontarov, T. Oganesov, G. Brim (teatr va kino rassomligi), K. Salohiddinov, A. Boymatov (haykaltaroshlik), L. I. Rempel, M. V. Shostko, Sh. Toshxoʻjayev, R. Toqtosh (sanʼat tarixi va nazariyasi) va b. ishlagan. Isteʼdodli moʻyqalam sohiblari R. Ahmedov, Q. Basharov, B. Jalolov, S. Raxmetov, A. Ikromjonov, L. Ibrohimov, N. Qoʻziboyev va b., haykaltarosh I. Jabborov va b., amaliy bezak sanʼati ustalari A. Abdurazzoqov va b. badiiy taʼlim rivojiga katta hissa qoʻshmoqda. In-t muzeyi ishlab turibdi (1997), «Musavvir» (2002) va «Nihol» (2002) gaz. lari nashr etiladi.

In-t jahonning turli mamlakatlari (MAP, Yaponiya, Koreya, Belgiya, Germaniya va b.) oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. In-tning ijodkor prof.-ped. lari (S. Abdullayev, R. Rizamuhamedov, A. Mamatova, A. Li, J. Umarbekov, F. Boymatov, Milliy rassomlik va dizayn instituti Nuriddinov va b.), baʼzan talabalari ham xorijdagi koʻrgazmalarda ishtirok etadi, shaxsiy koʻrgazmalari uyushtiriladi.

Tursunali Qoʻziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x