SAUNA

SAUNA (sauna) , fin hammomi — hammomning quruq issiq havoli turi. Qad. dan Finlyandiyada mavjud boʻlgan; S. qurish 20-a. 70y. laridan Gʻarbiy Yevropada, keyinroq boshqa yerlarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham rasm boʻldi. Saunaning odam organizmiga taʼsiri tralar farqiga asoslangan: issiqxonadagi qaynoq quruq havo (tra 90—140°, havo namligi 5 — 15%) sunʼiy hovuz yoki tabiiy suv havzasi … Читать далее

SUV XOʻTIKCHALARI

SUV XOʻTIKCHALARI (Asellidae) teng oyoklilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlar oilasi. Hovuz, koʻl va tinch oqadigan suvlarda koʻp uchraydi. Keng tarqalgan turlaridan biri suv xoʻtikchasining uz. 12—20 mm. 6 juft oyoklari yordamida. suv tubida harakatlanadi. Qorin boʻshligʻidagi plastinkasimon jabralari yordamida nafas oladi. Tuxum qoʻyib, juda tez koʻpayadi. Suv xoʻtikchalarining urgʻochisi tuxumdan chiqqan bolalarini koʻkrak oyoklari asosidagi xaltachasida … Читать далее

XLOROPREN

XLOROPREN, 2-xlor butadiyen 1,3, SN2=SN SS1 = SN2 oʻtkir hidli rangsiz suyuklik; mol. m. 88,536. Suyuklanish trasi — 130°, qaynash trasi 59,4°, zichligi 959 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar bilan aralashadi. Mis xlorid va ammoniy xlorid ishtirokida 0—20° da vinilatsetilenni gidroxlorlab olinadi. Zaharli; nerv sistemasiga taʼsir etadi, nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi. Oson polimerlanadi, xlorpren … Читать далее

XLORID

XLORID KISLOTA, NS1 bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; X. k. ning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi. 16-a. ning oxirida Xlorid osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga … Читать далее

XURRAK

XURRAK, xurrak otish — nafas yoʻlidan oʻtayotgan havo oqimi taʼsirida hosil boʻladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo oʻtayotganda tebranishi, yaʼni vibratsiyasi sabab boʻladi. Ogʻizni ochib (baʼzan ogʻiz yumuq boʻlganda ham) va chalqancha yotib uxlaganda kishi X. otadi, chunki bunda yumshoq tanglayning oʻta boʻshashishi uchun sharoit yaratiladi. Burunhalqum tuzilishidagi oʻziga xos tugʻma xususiyatlar yoki surunkali yalligʻlanish … Читать далее

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR

OʻTKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR — viruslar qoʻzgʻatadigan, kelib chiqishi bir-biriga oʻxshash oʻtkir infeksion kasalliklarning umumiy nomi. Nafas yoʻllari (burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar) shilliq pardalari, koʻz shilliq pardasi — konyunktivaga zarar yetishi bilan kechadi. Oʻtkir respirator kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga adenoviruslar, paragripp viruslari, rinoviruslar va boshqalar kiradi. Oʻtkir respirator kasalliklarning ayrim (sporadik) guruhlari koʻproq kuzatiladi, lekin ular aholining butun … Читать далее

KONTUZIYA

KONTUZIYA (lot. contusio — lat yeyish) — zarba natijasida shikastlanish; butun aʼzoi badan (yoki tananing koʻp qismi) lat yeganda organizmning umumiy shikastlanishi. Kontuziya koʻproq havoda yoki suvda kuchli portlash roʻy berganda yuzaga keladigan qattiq toʻlqin taʼsirida paydo boʻladi: Qattiq narsa bilan urganda, zarang yerga yiqilganda, qattiq kaltaklash natijasida (koʻz K. si), atmosfera bosimi va vibratsiyaning … Читать далее

OʻSMALAR

OʻSMALAR, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmalarga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi. Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) Oʻsmalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli … Читать далее

OʻPKA ABSSESSI

OʻPKA ABSSESSI — oʻpkadagi yiring boylagan joy. Nafas yoʻllariga yiring paydo qiluvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqalar) tushishi sabab boʻladi. Oʻpkaga anaerob mikroorganizmlar tushganida oʻpka toʻqimalari irib yemiriladi, oʻpka gangrenasi paydo boʻladi. Oʻpka abssessi va oʻpka gangrenasi, asosan, oʻpkaning krupoz yoki oʻchoqli yalligʻlanishi, shuningdek, nafas aʼzolarining surunkali kasalliklari, xususan, bronxoektazlarning asorati sifatida namoyon boʻladi. … Читать далее

OʻPKA

OʻPKA — odam, quruqlikda yashovchi hayvonlar va baʼzi baliqlarning havodan nafas olish aʼzosi. Oʻpka ayrim mollyuskalar (quruqlikda va chuchuk suvda yashovchi qorinoyoqlilar), boʻgʻimoyoqlilar (chayonlar), baliqlar (ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar, koʻpqanotlilar), quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar va odamda qon bilan nafas olingan havo oʻrtasida gaz almashinuvini amalga oshiradi. Ikki xil nafas oluvchi baliqlar Oʻpkasi kataklarga boʻlingan, … Читать далее