KONGLOMERAT

KONGLOMERAT (geologiyada) — dagʻal chaqiq choʻkindi togʻ jinsi, qum, shagʻal va tosh boʻlaqlarining birikib sementlanishidan hosil boʻladi. Temir oksidi, karbonat, gilli materiallar va silikat kislota Konglomeratda biriktiruvchi material rolini bajaradi. Konglomeratlar bir xil (monomikt) yoki turli togʻ jinslari boʻlaqlaridan (polimikt) tashqil topadi. Dengiz, koʻl, allyuvial, prolyuvial, bazal Konglomerat turlari bor. Togʻ va togʻ etaqlarida koʻp … Читать далее

SOKOL

SOKOL (ital. zoccolo) — 1) bino, inshoot devorining, ustun, haykal va b. ning pastki qalinlashgan qismi; poydevoryait davomi, yaʼni yer sirtidan chiqib turadigan qismi. Sokol pishiq gʻisht, beton yoki temir-beton bloklardan ishlanadi. Binoga alohida koʻrk berish maqsadida granit, marmar va b. materiallar bilan qoplanadi; 2) elektrotexnika va radiotexnika d a — elektron yoki ion asboblar … Читать далее

HAYKALTAROSHLIK

HAYKALTAROSHLIK — tasviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H. ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir … Читать далее

TEMIRBETON

TEMIRBETON — beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-a. da kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-a. 70y. laridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton … Читать далее

HIMOYA QOPLAMASI

HIMOYA QOPLAMASI — radioaktiv (kishilarning sogʻligi uchun zararli) moddalarni vaqtinchalik saklash yoki tashishda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida hosil qilinadigan qatlam. Mas, ommaviy qirgʻin qurollarining chiqindilarini vaqtinchalik saqlashda qalin beton qoplamalar — sarkofaglar qilinadi. Atom bombasi portlaganda aholini himoya qilish uchun qalin (bir necha m gacha) devorli bombapanalar quriladi. Radioaktiv moddalarni vaqtinchalik … Читать далее

CHILI ZILZILASI

CHILI ZILZILASI — 20-a. ning eng dahshatli yer qimirlashlaridan biri. U tarixga «Chilidagi halokat» nomi bilan kirgan. Zilzila 1960-y. 21 may shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 15 min. oʻtganda boshlangan. Avvaliga bir necha kuchli tebranish (forshoklar) boʻlgan. Ular odatdagi zilzilalarga oʻxshash boʻlganligi uchun unchalik xavfxatar uygotmagan. Lekin ertasi kuni 22-may soat 3 … Читать далее

QURILISH MATERIALLARI

QURILISH MATERIALLARI — binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, se-ment, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor. Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama … Читать далее

BURISH DOIRASI

BURISH DOIRASI — lokomotiv yoki vagonni bir izdan ikkinchi izga oʻtkazuvchi yoki shu izda 180° burib qoʻyuvchi qurilma. Asosan, t. y. izlari (relslar) dan iborat. Burish doirasi atrofi beton bilan mustahkamlangan dumaloq chuqurlikka oʻrnatiladi; u chuqurlik markazidagi oʻq yordamida aylanma izlarda harakatlanadi. Пост Навигацияси

GEODEZIK PUNKT

GEODEZIK PUNKT — koordinatalari maʼlum boʻlgan biror nuktaga nisbatan vaziyati geodezik usullar bilan anikdanadigan nukta. Geodezik punkt koordinatalari (vaziyati)ni aniqlashda koordinatalari maʼlum nuqta sifatida baland joylashgan nuktalar tanlanadi. Geodezik punkt koordinatalari asosan triangulyatsiya usullari bilan belgilanadi. Geodezik punkt lardan uzok, muddat foydalanish maqsadida ularning yer sirtidagi oʻrni geodezik markaz deb ataladigan maxsus beton – quyma … Читать далее

BETON YOTQIZGICH

BETON YOTQIZGICH (melioratsiyada) — kanal tubi, nishablari va kirgʻoqlari, damba usti va b. joylarga beton qrrishmasini yoyish, tekislash va zichlash uchun muljallangan mashina. Melioratsiya B. yo. lari bunkerli va bunkersiz boʻladi; vazifasiga koʻra toʻliqmas profilli (bir utishda nishablarning oʻzini yoki kanal tubining bir qismi bilan nishablarni betonlaydigan) hamda toʻliq profilli (bir oʻtishda kanalning ham tubini, … Читать далее