OʻRTACHASHMA

OʻRTACHASHMA — Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyatining gʻarbidagi daryo. Uz. 25 km, havzasining mayd. 229,3 km2. Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Turo dovonidan 1,5 km shim. gʻarbda joylashgan Dukenek muzligidan (3700 m balandlikda) boshlanadi. Chap irmogʻi boʻlgan Oqgubek jilgʻasi quyilgungacha Dukenek (qishloq nomi) deb ataladi. Muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Quyilish joyida oʻrtacha koʻp yillik suv … Читать далее

OʻRTA OSIYODA MILLIYHUDUDIY ChEGARALANISH

OʻRTA OSIYODA MILLIYHUDUDIY ChEGARALANISH — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkyston xalqlarining «milliy davlatlarini tashkil qilish» niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga … Читать далее

KATTA FARGʻONA KANALI

KATTA FARGʻONA KANALI, U s m o n Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali — Fargʻona vodiysida qurilgan eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri. Oʻzbekiston (283 km), Tojikiston (62 km) va Qirgʻiziston (13 km) hududidan oʻtadi. Vodiyni shim.-sharqdan jan.gʻarbga kesib oʻtgan. Asosiy oʻzani uz. 350 km. Vegetatsiya davrida Norin (420 m3/s), Qoradaryo (100 m3/s), Soʻx (12 m3/s) … Читать далее

MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI

MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993-y. iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi b-n Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1994—2000-y. larda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994-y. 10 yanv. da Oʻzbekiston va Krzogʻiston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon tashkil etish toʻgʻrisida Shart-noma tuzildi. Shartnomaga 1994-y. 16 yanv. da Qirgʻiziston qoʻshildi. 1996-y. … Читать далее

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI

AVLIYOOTA QORAMOL ZOTI — sut uchun boqiladigan zot. 19-a. oxiri — 20a. boshlarida Qirgʻizistonning Talas vodiysi va Qozogʻistonning Avliyoota uyezdi (hoz. Jambul viloyati)da jaydari zotlarni golland qoramol zoti bilan chatishtirishdan olingan avlodlarni oʻzaro urchitish nuli bilan yaratilgan. 1950-y. da Avliyoota qoramol zoti rasman tasdiqlangan. Avliyoota qoramol zoti asosan ola, baʼzan qora. Buqalarining tirik vazni 800—950 … Читать далее

AXUNBAYEV Isa Konoyevich

AXUNBAYEV Isa Konoyevich (1908.12. (25) .9 — 1975.5.1, Toshkent) — jarrohlik sohasidagi yirik olim. Qirgʻiziston FAning akademigi va birinchi prezidenti (1954-y. dan). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Oʻrta Osiyo tibbiyot in-tini tugatgan (1935). Qirgʻiziston tibbiyot in-ti direktori (1948-y. dan). Ilmiy ishlari endemik buqoq, tireotoksikoz va exinokokkoz muammolari, shuningdek yurak va yirik tomirlar jarrohligiga oid.

KENGYAYLOV

KENGYAYLOV — Koʻksuv tizmasi tarkibidagi togʻ (Toshkent viloyati). Uning suvayirgʻichidan OʻzR bilan Qirgʻiziston Respublikasi davlat chegarasi oʻtadi. Kengyaylov jan.-gʻarbda Chopkamish (2680 m), shim.-sharkda Alyom dovonlari (1995 m) oraligʻida. Eng baland joylari jan.-gʻarbda 2758 m, shim.-sharqda 2664 m. K. antiklinal struktura. Quyi karbonning yuqori turne kichik yarusi yotqiziqlari (koʻksuv gorizonti) toʻq kulrang ohaktoshlardan iborat. Togʻ yon … Читать далее

ESKI MACHIT

«ESKI MACHIT» — Qarshi shahridagi teatr. 1992 yil «Muloqot» teatr studiyasidan ajralib chiqib, teatrstudiya sifatida ish boshlagan. Abdunabi Bobojonov, Isʼhoq Toʻrayev, Oygul Xalilova, Botir Qurbonov, Gulnoza Rahmatova, havaskor sozanda va xonandalar truppa asosini tashkil etgan. «Eski machit» teatrining birinchi asari «Mehribonginam» (Sh. Shomanadze asari) spektaklidayoq truppaning muhim ijtimoiy muammolarni yangi uslubdagi teran sahnaviy talqinlarda yorqin … Читать далее

SEMYONOV MUZLIGI

SEMYONOV MUZLIGI — Markaziy Tyanshandagi (Qirgʻiziston) muzlik. Sarijaz tizmasining shim. yon bagʻrida, Sarijaz daryosi (Tarim havzasi)ning yuqori qismida joylashgan. Uz. 21 km, eni 1,5 km, maid. 36 km2. Muzlikning uchi 3320 m balandlikda. 1857-y. da P. P. Semyonov (SemyonovTyanыianskiy) tomonidan oʻrganilgan. Пост Навигацияси

TOʻQTAGʻUL SUV OMBORI

TOʻQTAGʻUL SUV OMBORI — Norin daryosining quyi oqimida, Chatqol va Fargʻona togʻ tizmalari orasidagi darada (Qirgʻiziston Respublikasi) barpo etilgan. 1978-y. ishga tushirilgan, umumiy hajmi 19,5 km3, foydali hajmi 14,0 km1. Suv ombori sugʻoriladigan yerlar koʻlamini 400 ming gektarga koʻpaytirish va 900 ming ga ekinzorning suv taʼminotini yaxshilashga, Norin daryosining koʻp yillik oqimini boshkarish, suv xoʻjaligi … Читать далее