MOʻYINQUM

MOʻYINQUM — Qozogʻiston jan. dagi Chuy va Talas daryolari quyi oqimidagi qumli choʻl. Uning jan.gʻarbida Qirgʻiziston va Qoratogʻ tizmalari koʻtarilgan. Sharkdan gʻarbga 540 km, shim. dan jan. ga 150 km. ga choʻzilgan. Umumiy mayd. 4 mln. ga. Yer yuzasi jan.sharqsan (700 m) shim.-gʻarb tomon (110 m) pasayib boradi. Tektonik jihatdan Chuy sineklizasida joylashgan. Qumning qalinligi … Читать далее

MOYLISOY

MOYLISOY — Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi shahar (1956-y. dan), Moylisuv daryosi (Qoradaryoning oʻng irmogʻi) sohilida, Fargʻona tizmasining gʻarbiy tarmoqlari orasida. Tentaksoy t. y. tugunidan 50 km. Aholisi 30 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Moylisoyda elektr lampalari va elektr izolyatsiya materiallari z-dlari, goʻsht k-ti, tikuvchilik f-kasi, TES, elektromexanika texnikumi, tibbiyot bilim yurti, umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar … Читать далее

MANAS

«MANAS» — qirgʻiz xalq qahramonlik eposi. Asar 3 qismdan iborat (450 ming misra). Genealogik sikl asosida bosh qahramon Manas, uning oʻgʻli Semetey va Semeteyning oʻgʻli Seytekning qaxramonona hayoti tafsiliga bagʻishlangan. «Manas» nazmda yozilgan boʻlib, sheʼriyatning sajʼ yoʻli bilan aytilgan. «Manas» odatdagi qahramonlik eposi koʻlamidan ancha keng. U oʻtmish qirgʻiz hayotining qariyb barcha sohalarini oʻzida jamlagan … Читать далее

PAXTACHILIK INSTITUTI

PAXTACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, OʻzPITI — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1929-y. da Bu-tunittifoq paxtachilik il. in-ti (SoyuzNIXI) nomi bilan tashkil etilgan. 1983—92 y. larda «Soyuzxlopok» IIB, 1992-y. dan hoz. nomda. Toshkent viloya-ti Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. … Читать далее

PANFILOV Ivan Vasilyevich

PANFILOV Ivan Vasilyevich (1892.20.12 Saratov viloyati Petrovsk sh. — 1941.19.11 Moskva ostonasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiya generalmayori. Gitlerchilar Germaniyasi SSSRga qarshi urush boshlashi bilan Olmaotada shakllantirilgan 316-oʻqchi diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan. Panfilov oʻz diviziyasi bilan Moskva ostonalaridagi shiddatli janglarda jasorat kursatgan. Diviziya tarkibida uzbek, qozoq, qirgʻiz, rus, qoraqalpoq va b. xalklarning vakillari bulib, ular … Читать далее

MOTOTSIKL SPORTI

MOTOTSIKL SPORTI — sportning texnik turi, mototsikl bilan oʻtkaziladigan musobakalar. Motodrom, shosse, trek, otchoparlarda tezlikka erishish (poyga), pastbaland joylarda hayday bilish (kross), yonilgʻini tejash, sunʼiy gʻov qoʻyilgan joylar va shahar harakati sharoitida rul boshqarish, turli oʻyinlar namoyish qilish, tepalikka koʻtarilish, chuqurlikka shoʻngʻish kabilardan iborat. Dastlab 1895-y. Parij—Bordo—Parij yoʻnalishi boʻyicha avtomobil poygasi bilan birgalikda tosh yoʻlda … Читать далее

MADAMINBEK

MADAMINBEK, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻkchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20). Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 … Читать далее

MOLDIBOYEV

MOLDIBOYEV Abdilas [1906.24.6 (7.7), Qirgʻiziston, Kemin tumani — 1978.31.5, Bishkek] — qirgʻiz kompozitori va xonanda (tenor). Qirgʻiziston xalq artisti (1937), qirgʻiz kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1940—41 va 1947—50). Qirgʻiziston musiqali drama teatrida (1933-y. dan), Qirgʻiziston opera va balet teatrida (1942-y. dan) xonanda. Qirgiziston kompozitorlar uyushmasi raisi (1939 — 67). V. Vlasov, V. … Читать далее

MANAS CHOʻQQISI

MANAS CHOʻQQISI — Talas Olatovi tizmasidagi choʻqqi. Tizmaning gʻarbiy qismida, Qirgʻiziston Respublikasi hududvda joylashgan. Bal. 4484 m. Perm — trias davrining granitoidlari, porfirit va b. dan tashkil topgan. Choʻqqining yon bagʻirlari tik, muzliklar b-n qoplangan. Relyefi kuchli parchalangan. Muzliklar bilan qoplangan karr va sirklar choʻqqining relyefini murakkablashtiradi. Yon bagʻirlaridagi alp va subalp oʻtloqlardan yaylov sifatida … Читать далее

MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI

MARKAZIY OSIYO HAMKORLIK VA TARAQQIYOT BANKI (MOHTB) – Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishga yordam koʻrsa-tuvchi xalqaro bank. 1994 yil 8-iyulda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalari oʻrtasida «Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qoʻshma kelishuvga asosan taʼsis etilgan. Taʼsischilari Oʻzbekiston, Krzogʻiston, Qirgʻiziston hukumatlari. 1998-y. da davlatlararo kengashning qarori bilan Tojikiston Respublikasi ham bank … Читать далее