MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI

MARKAZII OSIYO HAMKORLIGI TASHKILOTI — davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy tashkilot. 1993-y. iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi b-n Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida 1994—2000-y. larda iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar yaratish maqsadlarida 1994-y. 10 yanv. da Oʻzbekiston va Krzogʻiston oʻrtasida Yagona iqtisodiy makon tashkil etish toʻgʻrisida Shart-noma tuzildi. Shartnomaga 1994-y. 16 yanv. da Qirgʻiziston qoʻshildi. 1996-y. 23 avg. da Olmaota sh. da oʻtkazilgan Davlatlararo kengash majlisida Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi kuzatuvchi (1998-y. 26-martdan aʼzo) sifatida tashkilotga qabul qilindi. 1998 i. 17-iyulda Choʻlponota sh. da (Qirgʻiziston) Yagona iqtisodiy makonni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma ishtirokchilari — Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy birlashmasi «Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati» nomini oldi. 1999-y. dan davlatlararo kengashda Gruziya, Turkiya, Ukraina kuzatuvchi maqomida ishtirok eta boshladi. Mintaqa mamlakatlarining yagona iqtisodiy makonni shakllantirish, mintaqa xavfsizligi va barkarorligi masalalarida, mintaqa mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini yanada chuqurlashtirish, integratsion jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiymadaniy va b. sohalarda oʻzaro manfaatli xamkorlikni rivojlantirishning muhimligini xisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan hamjamiyat faoliyati doirasini kengaytirish va uni «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti deb atash taklif etildi va bu taklif Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston Respublikalari davlat boshliklarining Toshkent bayonotida (2001 i. 28 dek.) oʻz ifodasini topdi. Davlat boshliklarining Olmaota uchrashuvida (2002-y. 28 fev.) «Markaziy Osiyo hamkorligi» (MOH) tashkilotini tuzish haqida Shartnoma imzolandi. Milliy muvofiklashtiruvchilar instituta tashkil etildi. maqsadlari: qatnashuvchi mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan va suv xoʻjaligi obyektlaridan ratsional foydalanish; transport tizimining umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish (q. Yevropa—Osiyo transport yoʻlagi); ishlab chiqarish kooperatsiyasi va savdo-iqtisodiy hamkorligini har tomonlama rivojlantirish; gumanitar sohada va ekologik muammolarni hal etishda oʻzaro hamkorlik; mintaqa xavfsizligini mustahkamlashda hamkorlikni kuchaytirish.

2002-y. da MOH davlat boshliklarining 4-marta uchrashuvi boʻlib oʻtdi (Olmaota — 28 fev. ; Oqtov — 6—7-iyul; Dushanba — 5—6 okt. ; Ostona — 27 dek.).

2002-y. 18-noyabrda Toshkentda MOH tashkiloti mamlakatlari parlamentlari aʼzolarining davlatlar qonunchilik bazalarini yaqinlashtirishga qaratilgan uchrashuvi, 2002-y. 28—29-noyabrda MOH tashkilotiga aʼzo davlatlar ishbilarmon doiralari va tadbirkorlarning Markaziy Osiyo hamkorligi — iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish mavzuida biznes forumi oʻtkazildi. Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etilgan.

Bahodir Xalilov, Sayfiddin Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x