BOSHOQ

BOSHOQ — toʻpgul yoki toʻpmeva xili. Asosan donli oʻsimliklarga xos boʻlib, boshoqchalardan tashkil topgan. Boshoqcha toʻpgulda bir qancha gullar ikkita qipiq orasiga joylashgan. Shunday boshokchalardan bir nechtasi poyaning uchida zich oʻrnashib, Boshoqni hosil kiladi. Shuning uchun boshoqcha poyaning gulchi (generativ) shoxchasidan iborat boʻlib, oddiy toʻpgul deyiladi. Boshoq esa juda koʻp boshokchalardan hosil boʻlgan murakkab toʻpguldan … Читать далее

TOGʻRAYHON

TOGʻRAYHON (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda koʻproq maydagul Togʻrayhon (O. Tyt hanthum Gontsch.) uchraydi. Boʻyi 30—60 cm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari choʻziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sent. Oylarida gullab urugʻlaydi. Asosan, … Читать далее

SELDEREY

SELDEREY, qafas (Apium) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyada 20 turi tarqalgan. Xushboʻy Selderey (A. graveolens) jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Uning bargli Selderey (A. graveolens var. secalinum), ildizmevali Selderey (A.g. var. rapaceum) va bandli Selderey (A.g. var. dulce) xillari bor. Asosan, … Читать далее

CHOʻLYALPIZ

CHOʻLYALPIZ (Ziziphora tenuior L.) — labguldoshlar oilasi, kiyikoʻtlar turkumiga mansub bir yillik oʻt turi. Poyasi tik, asos qismidan shoxlangan, gullari och sapsar rang, boshoqsimon toʻpgul hosil qiladi. May—iyun oylarida gullab, iyul—avg. da meva tugadi. Choʻllarda, adirlarda, togʻlarning oʻrta mintaqalarida shagʻalli va toshli tuproqlarda oʻsadi. Sugʻorilmaydigan bahorikor ekinlar orasida begona oʻt sifatida uchraydi. Efirmoyli oʻsimlik. Choʻlyalpiz. … Читать далее

CHOʻPXINA

CHOʻPXINA, yovvoyi xina (Impatiens parvifl ora) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt. Poyasi tik, boʻgʻinlari yoʻgʻon, uchi shoxlangan, boʻyi 30—50 sm, popuk ildizli, tuksiz, nozik, chiroyli. Barglari oddiy, qisqa bandli, butun, tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari tishli. Gullari sariq, ikki jinsli, mayda, sachok toʻpgul hosil qiladi. Mevasi qalamsimon, boʻyi 15—20 mm, koʻp urugʻli. Choʻpxina iyunda gullaydi, … Читать далее

BOTRIK TOʻPGUL

BOTRIK TOʻPGUL (yun. botrys — shingil, shoda) — monopodial (oddiy) shoxlanadigan toʻpgul. Gullari pastdan yuqori tomonga navbat bilan ochiladi. Dastlab poyaning pastki tomonidagi, soʻngra poyaning eng uchida joylashgan gullar ochiladi. Gul oʻqining oʻsishi uzoq davom etadi. Botrik toʻpgul oddiy (shingil, boshoq, soʻta, soyabon, kallakcha, shoda, savatcha) va murakkab (murakkab boshoq, soyabon, murakkab qalqon) boʻladi. Botrik … Читать далее

GORTENZIYA

GORTENZIYA — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara oʻsimliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti va qizil gullari toʻpgul hosil qiladi. Urugʻi koʻsakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan Gortenziya (N. macrophylla) va Shim. Amerikadan keltirilgan daraxtsimon Gortenziya (N. arborescens) xushmanzara oʻsimlik sifatida … Читать далее

SAMBITGUL

SAMBITGUL (Nerium oleander) kendirdoshlar oilasiga mansub doimyashil buta yoki kichikroq daraxt. Vatani — Kichik Osiyo. Oʻrta dengiz boʻyida va Osiyoning subtropiklarida 5 turi uchraydi. Qrim va Kavkazda, Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 2—5 m, bargi qalin, toʻq yoki och yashil nashtarsimon. Guli 3—7,5 sm kattalikda, yirik, qatmaqat boʻlib, ok, pushti … Читать далее

SHOYIGUL

SHOYIGUL (Sappa) — shoyiguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; manzarali oʻsimlik. Osiyo va Amerikaning subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. 50 dan ortiq turi maʼlum. 1000 dan ortiq navi chiqarilgan. Oʻzbekistonda bogʻ Sh. ivahind Shoyiguli koʻproq oʻstiriladi. Boʻyi 0,5—2 m, poyasi tik, yon shoxlari yoʻq. Barglari yirik, yassi yumaloq, uz. 30—35 sm, kengligi 13—15 sm, asosi poyaga … Читать далее

SOʻTA

SOʻTA (spadix) — bitta yoʻgʻon etli oʻkda joylashgan toʻpgul. Bandsiz gullari boshokdagi kabi zich joylashadi (mas, kuchala, igir va b.). Makkajoʻxorining toʻpmevasini koʻpincha Soʻta deb ataydilar. Loading… Пост Навигацияси Previous PostSOʻRUVCHILAR Next PostSOʻFI