TOGʻRAYHON

TOGʻRAYHON (Origanum L.) — labguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda koʻproq maydagul Togʻrayhon (O. Tyt hanthum Gontsch.) uchraydi. Boʻyi 30—60 cm. Poyasi bir nechta, tik oʻsadi. Tepa qismidan shoxlanadi. Barglari choʻziq tuxumsimon, asosi keng ponasimon. Gullari boshoqsimon, chala soyabonlarga toʻplangan va ular kallakchali toʻpgul hosil qiladi. Gultojisi binafsharang. Iyun—sent. Oylarida gullab urugʻlaydi. Asosan, togʻ yon bagʻirlarida oʻsadi.

TOGʻTEPAK, ansol (Populus tremula) — toldoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi terak turi. Gʻarbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo, Shim. Afrika (Jazoir) da tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Gʻarbiy Tyanshan, Gʻarbiy Pomir-Olay togʻlarining toshli va shagʻalli tuproqlarida, togʻ vodiylarida oʻsadi. Bal. 35 m, diametri 1 m ga boradi. Shoxshabbasi uzun, qalin, yashil, Barglari tuxumsimon, kulrangyashil. Barg yozgunga qadar gullaydi, hamma teraklar kabi ikki uyli. Mevasi koʻsak, yozda yetiladi. Ildizi mustahkam, sovuqqa qurgʻoqchilikka chidamli, yorugʻsevar. Toʻnkasidan yoki ildizidan oʻsib chiqqan novdalari, bachkilari va urugʻidan, qalamchasidan koʻpayadi. Togʻrayhon tez usadi (40 yoshli daraxtining bal. 20 m gacha) boradi. 80—90-y. gacha yashaydi. Yogʻochi gugurt va sellyuloza, turli buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

TOGʻTOL (Salixcutifolia) — toldoshlar oilasiga mansub, yirik buta yoki pakana daraxt. Tabiiy holda Sibir, Oʻrta Osiyo va Shim. Kavkazda usadi. Shoxchalari egiluvchan, rangi qizgʻishqungʻir yoki qizil; barglari ensiz nashtarsimon, uchi ingichka, uz. 10 — 15 sm, eni 0,7—1,2 sm, tuksiz, toʻq yashil, yaltiroq, bandi sargʻishqizil. Mart—apr. da gullaydi, soʻng barg yozadi. Kuchalasi oq tuklar bilan krplangan. Togʻrayhon issiq va sovuqqa chidamli, yer tanlamaydi. Qalamchasidan koʻpaytiriladi. Manzarali va ihota daraxt sifatida koʻp ekiladi. Poʻstlogʻida oshlovchi moddatannin bor (q. Tol),

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x