SHIMOLIY FARGʻONA KANALI

SHIMOLIY FARGʻONA KANALI — Fargʻona vodiysidagi kanal. Uchqoʻrgʻon shahri yaqinida Norin daryosidagi Uchqoʻrgʻon toʻgʻonidan boshlanib, Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati (Asht tumani)da tugaydi. Kanal 1940-yilda eski kanallar — Yangiariq (1820), Rozenbax (1890), Anhor (1938) kanallari oʻrnida xalq hashari yoʻli bilan qurildi. Uz. 162,5 km (Oʻzbekiston hududida 144 km, Tojikistonda 18,5 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 103 m3/s … Читать далее

SUV OMBORI

SUV OMBORI — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va b.) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat … Читать далее

JARMISHKOʻL

JARMISHKOʻL — Xorazm viloyati Urganch tumanidagi koʻl. Urganch sh. dan 12 km, Guliston qishlogʻidan esa 2 km jan. da, Polvonyop kanalining chap sohilida joylashgan. 1960-y. larda mayd. 4,8 km2, oʻrtacha chuq. 1,0—1,2 m boʻlgan. Keyinchalik maydoni ancha kichraygan. Jarmishkoʻlga tashlama va sizot suvlari quyiladi, turli baliqlar (zogʻora baliq, choʻrtan, laqqa) bor. Пост Навигацияси

DALVARZIN CHOʻLI

DALVARZIN CHOʻLI — Toshkent viloyatidagi choʻl, Sirdaryoning oʻrta oqimi sohili bilan Moʻgʻultogʻ va Oltintepa togʻlari etaklari oraligʻida joylashgan. Relyefi gil va qumlardan tarkib topgan past-baland tekislikdan iborat. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1°, iyulniki 30°. Sovuq bulmaydigan kunlar 210 kun. D. ch. ning nam oʻtloq tuprogʻida chirindi koʻp. Markaziy qismi och tusli kashtan tuproqdan iborat. Qum, … Читать далее

DISKONT

DISKONT (ing. discount — chegirma, lot. computare — hisobga olmoq) — 1) qimmatli qogʻozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali yoki uni qaytarib so-tib olishdagi narxi oʻrtasidagi farq (mas, nominali 1000 soʻm belgilangan aksiya birjada 950 soʻmga sotib olingan, Diskont 1000—950=50 soʻmga teng); 2) valyutaning forvard kursi (bitim tuzilgan paytda belgilangan, lekin pul … Читать далее

KATTA ANDIJON KANALI

KATTA ANDIJON KANALI, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomidagi Katta Andijon kanali — Fargʻona vodiysida barpo qilingan yirik sugʻorish inshooti. Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatlar qududidan oʻtadi. Uz. 109,1 km. Bosh qismida suv sarfi 300 m3/s (amalda 200 m3/s). Uchqoʻrgʻon sh. yaqinida Norin daryosidan boshlanadi. Markaziy Fargʻona boʻylab Bagʻdod tumani chegarasiga yetib boradi. Shim. Bagʻdod kollektoriga tashlama bilan tugaydi. … Читать далее

ILONLIKOʻL

ILONLIKOʻL — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi koʻl. Sirdaryoning oʻng sohilida, Dalvarzin choʻlida, Yangixayot qishlogʻidan 5 km jan. sharqda. Mayd. (180 ga) va chuq. (3—4 m) oʻzgarib turadi. Sirdaryoning qoldiq oʻzani oʻrnida hosil boʻlgan. Ilonlikoʻlga ekinzorlarning tashlama suvlari va sizot suvlar quyiladi. Qoʻlda qamish, qoʻgʻa va b. suv oʻtlari oʻsadi. Suvi nisbatan shoʻr. Ilonlikoʻlda baliqchilikni rivojlantirish … Читать далее

QOROVULBOZOR TUMANI

QOROVULBOZOR TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. 1993-y. 12-yanvarda tashkil etilgan. Jan. dan Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani, gʻarbdan Olot, shim. dan Buxoro tumani, sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. T. y. stansiyasi. Mayd. 2,2 ming km2. Aholisi 13,9 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qorovulbozor), 3 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻzachi, Jarqoq, Navbahor) bor. Tuman markazi … Читать далее

BOSH QORAKOʻL KOLLEKTORI

BOSH QORAKOʻL KOLLEKTORI — Buxoro viloyatida AmuQorakoʻl kanalы zonasida joylashgan. Kollektor dehqonchilik kilinadigan 17,9 ming ga maydondagi sizot va tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Umumiy r. 42 km. 1967-y. da qurilgan. Bosh Qorakoʻl Kollektori tarkibida Yomonjar nasos st-yasi ham ishlaydi. Bosh Qorakoʻl Kollektori suvi Qizilqumni yonlab oʻtib, Tuzli koʻlga kuyiladi. Qoʻshilish joyida suv sarfi … Читать далее

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. Gidrotexnika inshootlari vazifasi boʻyicha 2 guruhga — umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi. Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan Gidrotexnika inshootlari tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida … Читать далее