QOʻGʻA

QOʻGʻA, chakan — qoʻgʻadoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimlik. Poyasi tik oʻsadi, silindrsimon yoʻgʻon, boʻyi 2—3 m. Barglari keng tasmasimon. Gullari mayda, ayrim jinsli, gulqoʻrgʻonsiz, qoʻngʻir tusli toʻpgulga yigʻilgan. Er-kak gullari toʻpgulning yuqori qismida, urgʻochi gullari esa ost qismida joylashgan. Ildizpoyasi serkrax-mal, yer bagʻirlab oʻsadi. Iyunsent. da gullaydi va mevalaydi. Mevasi yongʻoq-cha. Uchmali mayda urugʻlari … Читать далее

DOʻSTLIK KANALI

DOʻSTLIK KANALI — Oʻzbekistan va Qozogʻiston hududidagi kanal. Mirzachoʻlning shim.-sharqida. Sirdaryodagi Farhod GESining tashlama kanalidan suv oladi. Uz. 116 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 230 m3/s. Kanal boshdan oxirigacha tuproq oʻzandan oqadi. Kanalda 6 toʻgʻon, suv sarfi 0,2 dan 50 m3/s gacha boʻlgan 45 shoxobcha kanallar va 3 ta ehtiyot tashlamalar: sharqiy tashlama (40 m3/s), shim. … Читать далее

DENGIZKUL KOLLEKTORI

DENGIZKUL KOLLEKTORI — Buxoro viloyatidagi yirik kollektor. 1966-y. da qurilgan. Suv sarfi 33,1 m3/s. Parallel kollektori bilan Dengizkul kulini tutashtiradi. Kollektor boshi va quyilish joyining nishablik farqi 25,3 m. D. k. Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida dehqonchilik qilinadigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, shur va drenaj, tashlama suvlarni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Dengizkul kollektori suvlari Dengizkul pastligiga … Читать далее

BOʻRIYOTOQ KOʻLLARI

BOʻRIYOTOQ KOʻLLARI (mahalliy xalq Boʻritogʻ deb ataydi) — Xorazm vohasi Xiva sh. yonidagi Boʻriyotoq, Pirnaxos, Baytaltoʻgʻon, Sayot va b. mayda koʻllar. Jan. da Qoraqum choʻliga tutashgan. Boʻriyotoq koʻllari Jirmiz, Mizonkoʻl kollektorlariga birlashib ketgan. Ekin maydonlaridan chikadigan tashlama suvlar va yer osti sizot suvlaridan toʻyinadi. Yezda suvi koʻpayib, umumiy mayd. 800 ga, uz. 4—5 km, eni … Читать далее

YALDIROVUQ

YALDIROVUQ (Yaxdirovuq) — Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyatining jan. chegarasi va Turkmanistonning shim. chegarasidagi koʻl. Yangiariq tumanidagi Oqmachit qishlogʻidan 10 km jan. sharqda, 90 m balandlikda joylashgan. Havzasi mayd. 0,68 km2. Uz. 2 km, eng keng joyi 0,6 km. Shim. dan jan. ga choʻzilgan. Koʻl 0,4 km shimolroqda oqib oʻtuvchi Koʻllar kollektoridan kelgan yer osti va … Читать далее

YANGIKOʻL

YANGIKOʻL — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi oqmas koʻl. Havzasining mayd. 2,36 km2. Sirdaryoning oʻz oʻzani boʻylab tartibsiz oqishidan vujudga kelgan. Sugʻoriladigan maydonlardan oqib tushadigan tashlama suvlar hisobiga toʻyinadi. Mahalliy baliqchilik uchun ahamiyati bor. Пост Навигацияси

YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI

YOPIQ SUGʻORISH TIZIMI — sugʻoriladigan maydonlarga suv uzatadigan quvurlar tarmogʻi. Quvurlar 0,6—1,5 m chuqurlikda (quvur ustigacha) yoki yer yuzasiga yotqiziladi. Yer osti quvurlari oʻtirmaydigan va koʻpchimaydigan qumlik, shagal va sh. k. mustahkam gruntlarga yotqiziladi. Suv tekkanda oʻtiradigan gruntlarda avval transheya qazib suv quyiladi, koʻpchiydigan gruntlarda esa quvur tagiga 20 sm dan kam boʻlmagan qalinlikda qum … Читать далее

GʻIJDUVON TUMANI

GʻIJDUVON TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan.: 1935 — 38 y. larda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritp. tgan. Shim.. sharq va jan.sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. jan. dan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3,94 ming km,. Axrlisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 … Читать далее

DENGIZKOʻL

DENGIZKOʻL — Buxoro viloyati Olot tumanidagi koʻl. Oʻrta asrlarda «Borgini farox», yaʼni «Katta koʻl» deb yuri-tilgan. 10-a. yozma manbalarida Dengizkoʻl «Qorakoʻl», «Buxayrayi Somjan» («Somjan koʻli») nomlari bilan atalgan. 10-a. da arab geografi Ibn Havqal tomonidan chizilgan Oʻrta Osiyo xaritasida «Baxr ul-Buxoro» («Buxoro dengizi») nomi bilan koʻrsatilgan. Muhammad Narshaxiy (10a.) bu koʻl haqida «kengligi yigirma farsax … Читать далее