FUQAROLIK JAMIYATI

FUQAROLIK JAMIYATI — konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy intlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzinioʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning … Читать далее

PUBLITSISTIKA

PUBLITSISTIKA (lot. publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Publitsistikaning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hoz. zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari Publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni … Читать далее

XUARES

XUARES (Juarez) Benito Pablo (1806.21.3, SanPabloGelatao, Oaxaka — 1872.18.7, Mexiko, Meksika) — davlat va siyosat arbobi, Meksika milliy qahramoni. Kambagʻal indeys oilasida tugʻilgan. Diniy seminariyani (1827-y.) va yuridik maktabni (1833-y.) tugatgan. 1847—52 y. lar Oaxaka shtata ning gubernatori boʻlgan. 1846—48 y. dagi amerikameksika urushi davrida amerikalik interventlarga qarshilik koʻrsatishni tashkil etiщsa katga rol oʻynagan. A. … Читать далее

MIRTEMIR

MIRTEMIR (taxallusi; asl ismsharifi Tursunov Mirtemir) (1910.30.5, Turkiston — 1978.25.1, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1971). Eski maktabda taʼlim olgach (1919—20), Toshkentga kelib, Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1920—23) va Oʻzbek erlar bilim yurtida (1925—29) tahsil kurgan. 1929-y. Samarqandga borib Oʻzbekiston Pedakademiyaning til va adabiyot f-tida oʻqiy boshlagan. U shu yillarda «Kizil kalam» adabiy tashkilotining … Читать далее

MIRZO ABDULAZIM SOMIY BOʻSTONIY

MIRZO ABDULAZIM SOMIY BOʻSTONIY [1839 – Buxoro, Boʻston qishlogʻi (hoz. Qiziltepa tumani) — 1908] — tarixchi olim, xattot. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ustozi Qozi Saʼdadsin Mohir maslahati bilan Somiy — «olijanob, yuksak» taxallusini olgan. Dastlab turli amaldorlar qoʻlida kotiblik qilgan. Amir Muzaf-far (1860—85) va Abdulahad (1885 — 1910) hukmronligi davrlarida saroy munshiysi. Rossiya bilan Buxoro … Читать далее

OʻZBEKXON Sulton Muhammad

OʻZBEKXON Sulton Muhammad (taxm. 1282—1342) — Oltin Oʻrda xoni (1312—42). Mangu Temurxonning nevarasi. 1313 yil amakisi Toʻqtayxon (Toʻxta) vafotidan soʻng nufuzli amirlar Qutlugʻ Temur va Isatoybek qiyot yordamida taxtga oʻtirgan. Islomni davlat dini sifatida joriy etgan, gʻayridinlarni qattiq taʼqib etgan. Bu amirlarning isyoniga olib kelgan, biroq u beayov bostirilgan. Oltin Oʻrdadagi ichki nizolarga chek qoʻygan, … Читать далее

TOSHKENT

TOSHKENT — shahar, Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoattransport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shim. sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha t-ra 13,3°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga … Читать далее

MATBUOT ERKINLIGI

MATBUOT ERKINLIGI — soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbu-otning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat xayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligiga demokratiya kurinishlaridan biri sifatida qaraladi. «Erkinlik» soʻzining tub maʼnosi har qanday toʻsiq, monelik va … Читать далее

BUXORO XONLIGI

BUXORO XONLIGI (amirligi) — uzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-a. boshlari). 1533-y. gacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-y. Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni … Читать далее

BURHONIDDIN XOJA

BURHONIDDIN XOJA ibn Ahmad xoja (Oyxoja laqabi bilan mashhur) (? — 1759.15.10) — Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. Burhoniddin xoja Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qoʻlga olib (1755), mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qoʻshin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan soʻng Qashqar, Yorkent va Xoʻtan sh. larini … Читать далее