MAGNITOBIOLOGIYA

MAGNITOBIOLOGIYA — biofizikaning bir boʻlimi, tabiiy va sunʼiy magnit maydonining tirik organizmlarga taʼsirini, organlar (yurak, miya, nervlar va b.) hosil qilgan magnit maydonini hamda biologik moddalarning magnitlik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Sunʼiy magnit maydonining odam organizmiga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimdan maʼlum. Oʻsha davrda magnitning shifobaxsh xususiyatiga ortiqcha baho berilgan; magnit har qanday kasallikka davoligi va hatto … Читать далее

KAUCHUKLI DARAXTLAR

KAUCHUKLI DARAXTLAR — baʼzi qismlarida tabiiy kauchuk hrsil boʻladigan daraxtlar. Kaysi toʻqimalarida kauchuk toʻplanishiga qarab, Kauchukli daraxtlar lateks l i (kauchuk sutshira — lateks tarkibida boʻladi), parenximali (kauchuk novda va ildiz parenximasida toʻplanadi), xlorenxi mal i (kauchuk yosh novda va barglarning yashil toʻqimalarida yigʻiladi) xillarga boʻlinadi. Lateksli daraxtlar sanoat ahamiyatiga ega boʻlib, ulardan oson yoʻl … Читать далее

PAYVANDTAG

PAYVANDTAG — payvandust payvand qilinadigan oʻsimlik yoki uning qismlari. Payvand qilingan oʻsimlik ildiz sistemasi mevali daraxt uchun asos vazifasini oʻtaydi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston sharoitida Payvandtag sifatida olma uchun yovvoyi olma, dusen, paradija urugʻkoʻchatidan foydalaniladi. Nok uchun oʻrmon va jaydari nok urugʻkoʻchatidan, behi va b . dan, oʻrik uchun jaydari oʻrik, shaftoli uchun uning jaydari … Читать далее

TISH

TISH — odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq hrmilada Tish shakllana boshlaydi. Tishlar ketma-ket joylashib, … Читать далее

OʻSAROʻT

OʻSAROʻT, tilonoʻt — semizakdoshlar (semizbargdoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Yer ostki qismi tugunaksimon yoʻgʻonlashgan. Boʻyi 5—15 sm. Barglari ildiz boʻgʻzidan chiqqan, etli. Oʻzbekistonda 5 turi uchraydi. Oʻsaroʻtning barcha turlari manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Oʻzbekistonda alp Oʻsaroʻt va hisor Oʻ. keng tarqalgan. Пост Навигацияси

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (OʻzSSR), Oʻzbekiston SSR — Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan va SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalk Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Mayd. 447 400 km2. … Читать далее

OʻSIMLIKLAR MORFOLOGIYASI

OʻSIMLIKLAR MORFOLOGIYASI, fitomorfologiya — botanikaning boʻlimi; oʻsimliklarning tuzilishi va forma hosil boʻlishi jarayonlaridagi qonuniyatlarni oʻrganadigan fan. Oʻ. m. ning tarixiy taraqqiyoti davomida undan oʻsimliklar anatomiyasi, oʻsimliklar embriologiyasi, sitologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Tabiatdagi oʻsimliklarning morfologik jihatdan turlitumanligini aniqlash; tuzilishi, organlar va organlar sistemasining oʻzaro joylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish; oʻsimliklarning umumiy tuzulishi va ayrim organlarining individual … Читать далее

OʻSISHNI BOSHQARUVCHI MODDALAR

OʻSISHNI BOSHQARUVCHI MODDALAR — oʻsimliklarning generativ va oʻsish jarayonlarini jadallashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi (susaytiruvchi) bir qator tabiiy va sintetik birikmalar. Oʻsishni tezlashtiruvchi moddalar (oʻsish stimulyatorlari) va oʻsishni toʻxtatuvchi moddalar (oʻsish ingibitorlari)ga boʻlinadi. Q. x. ekinlariga ishlov berishda qoʻllaniladi. Tabiiy oʻsishni tezlashtiruvchi moddalarga fitogormonlar, shuningdek, baʼzi vitaminlar; sintetik oʻstiruvchi moddalarga geteroauksin va uning analoglari, indolilmoy kislota va … Читать далее

KSEROFITLAR

KSEROFITLAR (yun. xeros — quruq, phyton — oʻsimlik) — quruq (suvsiz) yerdarda oʻsadigan oʻsimliklar. Qator belgi va xususiyatlari (q. Kseromorfizm) tufayli issiqlik va suvsizlikka chidamli oʻsimliklar. Kserofitlar ekologik va fiziologik xususiyatlariga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi. Sukkulentlar — tanasida suv toʻplaydigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida koʻp miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chidamsiz … Читать далее

TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: … Читать далее