MUHABBAT

MUHABBAT, sevg i — 1) biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, gʻoyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan in-tim va kuchli tuygʻu. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi sifatida yuzaga keladi. Muhabbat tuygʻusining ulugʻvorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va maʼnaviy, shaxsiy va ijtimoiy, in-tim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga toʻplanadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida Muhabbatga … Читать далее

MOʻYLOVOYOQLILAR

MOʻYLOVOYOQLILAR (Cirri pedia) qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema boʻyicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, koʻpincha harakatlanuvchi hayvonlar tanasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tanasi alohida yaproqlardan iborat chigʻanoqb-n qoplangan. Bunday «uycha» ichidagi Moʻylovoyoqlilar qorin qismi tepaga qaragan boʻladi. Moʻylovga oʻxshash koʻkrak oyoqlar uychaning ochiladigan t«omcha»sidan chiqarilib, yelpigʻich singari yoyiladi. Moʻylovoyoqlilar moʻylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni … Читать далее

PARAZITIZM

PARAZITIZM (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari … Читать далее

MUSTAFIN

MUSTAFIN Gʻabiden [1902.13(26).11, Akmolinsk uyezdi, hrz. Qaragʻanda viloyati Telman tumani — 1985, Olma-ota] — Qozogʻiston xalq yozuvchisi (1984). Qozogʻiston FA muxbir aʼzosi (1958). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1953—56), masʼul kotib (1962—64). Ilk hikoyalar toʻplami — «Yer Shoyin» (1929). Ishchilar hayotiga bagʻishlangan «Hayot va oʻlim» romani (1941) qozoq prozasining ilk namunalaridan, «Chi-gʻanoq» (1945), «Qaragʻanda» (1952), «Boʻrondan … Читать далее

MUSHUKSIMONLAR

MUSHUKSIMONLAR (Felidae) – yirtqich sut emizuvchilar turkumi oilasi. Kattaligi har xil. Boshi yumaloq, dumi odatda uzun. Oyoqlari nisbatan uzun, barmoklarida yuradi. Oldingi oyoklari 5 barmokli (1barmogʻi boshqalaridan balandroqda joylashgan), orqa oyoklari 4 barmokli. Tirnoklari yurganida oyogʻi ichiga tortiladi (ge-pardlarda tortilmaydi). Yirtqich, tunda faol hayot kechiradi, yirtqich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlari oʻtkir qirrali. Juni odatda … Читать далее

PALEONTOLOGIYA

PALEONTOLOGIYA (paleo… va yun. ontos — jonzot va… logiya) — utmish geologik davrlarda mavjud boʻlgan, qazilma qol-diqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyati va oriktotsenozlar (toshqotgan organizmlar) haqidagi fan. P. 2 yirik boʻlim — paleozoologiya va paleobotanikadan iborat. Toshqotgan organizmlar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar antik davrdan tabiatshunos olimlarga maʼlum. Biroq bu toshqotganlar qirilib ketgan orga-nizmlarning qoldiqlari ekanligi … Читать далее

MIKROELEMENTLAR

MIKROELEMENTLAR — organizm, oʻgʻit, rudalarda kam mikdorda (odatda, Eng muhim mikroelementlarning asosiy fiziologik va gigiyenik xususnyatlariga taʼsir etadi, immunitet reaksiyalari, qon hosil qilish va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi, hayvonlarda yetishmasa ozadi, boʻyi oʻsmaydi, skeleti rivojlanmaydi. Boʻy oʻsishi va organizm rivojlanishiga yordam beradi, qon hosil qilish, immun reaksiyalar va toʻqimaning nafas olishida qatnashadi. Fermentlar tarkibiga kiradi, … Читать далее

MEVALAR VA SABZAVOTLARNI SAQLASH

MEVALAR VA SABZAVOTLARNI SAQLASH — hoʻl va sersuv maxsulotlarni isteʼmol etish yoki qayta ishlashga qadar saqlanishiga yordam beradigan tadbirlar majmui. Yetishtirilgan mahsulotni nest-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saklash va undan foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri boʻlgan. Saqlashni toʻgʻri tashkil etish mahsulot sifatining uzok, vaqt buzilmasligini va nobudgarchilikning oldini olishni taʼminlaydi. Oʻzbekistonda meva va sabzavotlarni saklashning … Читать далее

MOEM

MOEM (Maughem) Uilyam Somerset (1874.25.1, Parij – 1965.16.12, SenJankap-Ferra, Fransiya) — ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg untida, keyin Londondagi tibbiyot intida tahsil koʻrgan. M. ning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan «Lambetlik Liza» (1897) romani mashhur. Shundan keyin Moem vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shugʻullangan. U asosan Fransiyaning jan. Tomonlarida … Читать далее

MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTI — yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi. Miokard infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, kandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda Miokard infarkti stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak muskulining … Читать далее