GANIMED

GANIMED — 1) Yupiterning uchinchi tabiiy yoʻldoshi; diametri qariyb 5150 km; G. Galiley 1610-y. da kashf etgan. Sayyoradan uzoqligi 1,07 mln. km, uning atrofini 7,15 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasi yoʻddoshlaridan eng yirigi hisoblanadi. Yorugʻligi 5—6 yulduz kattaligida. «Pioner-10» kosm i k kemasida Ganimed sirti tekshirilgan va sirti muz «sovut» bilan qoplanganligi, atmosfera borligi aniqdangan;

2) kichik sayyora; rakami (nomeri) 1036. Nemis astronomi V. Baade kashf etgan. Orbitasining ekssentriteti katta boʻlganligidan Ganimed Mars orbitasining ichiga kiradi. Yerga 34 mln. km gacha yakinlashadi;

3) qad. yunon afsonalarida Zevs oʻgʻirlab ketgan va oʻzining kosaguli qilib olgan goʻzal yigitning nomi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x