SARIQ TANA

SARIQ TANA — odam va sut emizuvchi hayvonlar ichki sekretsiyasida vaqtincha paydo boʻladigan bez. Tuxumdonda tuxum hujayra yetilib chiqqanidan (ovulyatsiyadan) soʻng hosil boʻladi. Oʻzgargan follikulyar hujayradan iborat. Tuxum hujayra urugʻlanganida Sariq tana boʻgʻozlik (homiladorlik)ni saqlash va uning normal kechishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan gormon — progesteron ajratadi. Sariq tana urugʻlangan tuxum hujayraning bachadon devoriga yopishuviga, … Читать далее

GENOM

GENOM (nem. Genom) — xromosomalar (unda joylashgan genlar bilan birga) gaploid toʻplami; individ genetik tuzilishining asosiy elementlari majmui. «Genom» terminini fanga nemis biologi G. Vinkler kiritgan (1920). Gaplofazada har bir hujayra bitta Genomga, diplofazada esa ikkita Genomga ega boʻlib, zigota hosil boʻlishida ularning biri erkak, ikkinchisi urgʻochi gametalardan oʻtgan boʻladi. Genom asosiy genetik va fiziologik … Читать далее

ONTOGENEZ

ONTOGENEZ (yun. ontos — borliq va…genez) — organizmning individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir boʻladigan ketma-ket oʻzgarishlar majmui. «Ontogenez» terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) fanga kiritgan. Ontogenez urugʻlangan tuxum hujayra, yaʼni zigotadan boshlanadi. Jinssiz koʻpayadigan orga-nizmlarda yangi organizm ona hujay-raning boʻlinishidan (bir hujayralilarda), kurtaklanishdan yoki tugunak, ildizpoya va b. vegetativ organlardan (vegetativ … Читать далее

JINSIY KOʻPAYISH

JINSIY KOʻPAYISH — urgʻochi va erkak jinsiy hujayralar — gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotadan yangi organizmning rivojlanishi, organizmlar koʻpayishining har xil shakllari. Jinsiy koʻpayishda genetik jihatdan har xil gametalarning urugʻlanish jarayonida qoʻshilishi tufayli bir-biriga oʻxshamaydigan organizmlar paydo boʻladi, yaʼni urugʻning oʻzgaruvchanligi ortadi. Evolyutsiya jarayonida Jinsiy koʻpayishning kelib chiqishi gametalarning differensiatsiyasi va organizmlarda jinsiy belgilarning rivojlanishi … Читать далее

JINS

JINS (biologiyada) — jinsiy koʻpayishni taʼminlaydigan hamda erkak va urgʻochi organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Hayvonlarda Jins belgilari organizmning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari va b. orqali namoyon boʻladi. Jins belgilari birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilar (jinsiy bezlar, jinsiy yoʻllar va b.) gametalar xosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy … Читать далее

IZOLYATSIYA

IZOLYATSIYA (frans. isolation — ajratish, tarqatish) (biologiyada) — bir necha turga yoki bir turning har xil populyatsiyasiga mansub organizmlarning erkin chatishuviga toʻsqinlik qiladigan toʻsiqlar paydo boʻlishi. Izolyatsiya evolyutsiya omillaridan biri boʻlib, uzoq vaqt davom etganida bir turga mansub organizmlar oʻrtasida irsiy jihatdan farq qiladigan belgilarning vujudga kelishi va mustaxkamlanishiga, binobarin, tur hosil boʻli-shiga olib keladi. … Читать далее

GAMETALAR

GAMETALAR (gameta — xotin, gametes — er) — hayvon va oʻsimliklarning jinsiy hujayralari. Gametalar irsiy belgilarni ota-onadan avlodga oʻtkazish funksiyasini bajaradi. Gametalar xromosomasi gaploiddir. Urugʻlanish jarayonida ikki gaploid hujayra qoʻshilib, diploid xromosomali zigotani hosil qiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Morfologik jihatdan jinsiy jarayonlar geterogamiya, izogamiya va zigogamiya tipida sodir boʻladi (yana q. Tuxum, Spermatozoid). Пост … Читать далее

KARIOTIP

KARIOTIP (kario… va yun. typos — namuna, shakl, tip) , xromosomalar toʻplami — u yoki bu turga mansub organizmning maʼlum oʻlcham, shakl va songa ega xromosomalari toʻplami. Kariotip tushunchasini fanga rus genetigi G. A. Levitskiy kiritgan (1924). Kariotip turning eng muhim genetik xususiyatlaridan boʻlib, har bir tur oʻz Kariotip iga ega. Minglab oʻsimliklar, shuningdek, odam … Читать далее

KOʻPAYISH

KOʻPAYISH (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ Koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp … Читать далее

GUL CHANGI

GUL CHANGI — gulli oʻsimliklar changdonlarida hosil boʻladigan chang donachalari. Urugʻli oʻsimliklarda chang donachasi — mikroskopik tuzilma (erkak gametofit) boʻlib, unda changlanish paytida yoki undan keyin urugʻlanish uchun zarur boʻlgan erkak gametalar (spermiylar) rivojlanadi. Chang donchalari shaqli (yumaloq, choʻzinchoq, boʻlakchali yoki koʻp burchaqli), hajmi va qobiq koʻrinishi boʻyicha nihoyatda xilma-xil. Gulli oʻsimliklar G. ch. mayda, … Читать далее