GUL CHANGI

GUL CHANGIgulli oʻsimliklar changdonlarida hosil boʻladigan chang donachalari. Urugʻli oʻsimliklarda chang donachasi — mikroskopik tuzilma (erkak gametofit) boʻlib, unda changlanish paytida yoki undan keyin urugʻlanish uchun zarur boʻlgan erkak gametalar (spermiylar) rivojlanadi. Chang donchalari shaqli (yumaloq, choʻzinchoq, boʻlakchali yoki koʻp burchaqli), hajmi va qobiq koʻrinishi boʻyicha nihoyatda xilma-xil. Gulli oʻsimliklar G. ch. mayda, yirik va gigantlari ham boʻladi. Poliploid shakllarida changlar aytarli yirik, teshikchalari koʻp va chang naychalari deyarli keng boʻlishi kuzatilgan. Gul changi oziq moddalar (qand, yogʻ, oqsil va h. k.)ga boy, shuningdek, tarkibida fermentlar, karotinoidlar, vitaminlar koʻp uchraydi. Gul changi qobigʻi (sporoderma), odatda, ikki qavat: ichki yumshoq — intina va tashqi qattiq — sklerin (ekzina)dan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x