POLIPLOIDIYA

POLIPLOIDIYA (poli… va yun. eidos — koʻrinish, shakl) — tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi. Bunday hujayra yoki undan rivojlangan organizm poliploid deyiladi. Xromosomalar soni 3-marta oshganida triploid, 4-marta oshganida tetraploid deyiladi. Poliploid organizm otaona organizmga nisbatan yirik va kuchli boʻladi. Poliploidiya oʻsimliklar orasida keng … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

MAYIB-MAJRUHLIK

MAYIB-MAJRUHLIK, mayriqlik — organizm tuzilishi va funk-siyalarining anormalligi. Tugma (irsiy) va shikastlanish oqibatida (noirsiy) bul ad i. Homila organlari shakllanayotgan davrla unga noxush omillar taʼsir etishi (mas, xrmilador ayelnimg turli kasalliklar bilan ogrishi, lorilarni pala-partish ichishi) natijasida tugma M.-m. kelib chikali. M.-m. «suyak surishi», yaʼni nayeldannayelga oʻtishi qam mumkin. Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh, ichkilikka ruju … Читать далее

MEHNAT BILAN DAVOLASH

MEHNAT BILAN DAVOLASH — mehnatdan shifobaxsh omil sifatida foydalanish. Bemorning ruhiyatiga taʼsir etish usullaridan biri (ayniqsa, ru-hiy kasalxonalarda). Organizm tonusini oshirish, moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish vositasi boʻlib, tybbyyotning turli sohalarida shifobaxsh fizkultura va sport bilan bir qatorda tatbiq etiladi. Davolash muassasalarida bemor uzoq yotganda (mas, suyak va oʻpka sili, poliomiyelit oqibatlari) Mehnat bilan davolash b-n … Читать далее

MENDELIZM

MENDELIZM — organizmlar belgilarining irsiylanish qonunlari haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari (q. Mendel qonunlari) M. ning poydevori hisoblanadi. Mendel qonunlari 1865-y. da kashf etilgan boʻlib, uning zamondoshlari bu kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900-y. da nemis botanigi K. Korrens, Avstriya olimi E. Chermak … Читать далее

PIYELONEFRIT

PIYELONEFRIT (yun. pyelos — jom va nephros — buyrak) — buyrak va buyrak jomining yalligʻlanishi (piyelit). P. mustaqil ravishda yoki siydik yurishini qiyinlashtiruvchi siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (prostata bezi adenomasi, siydik toshi kasalligi va b.) natijasida vujudga kelishi mumkin. Piyelonefrit turli infeksion kasalliklar oqibatida ham paydo boʻladi. Bolalarda koʻpincha gripp, zotiljam va nafas organlarining boshqa kasalliklari … Читать далее

PARTENOGENEZ

PARTENOGENEZ (yun. parthenos — bokiralik, qizlik va…genez) , bokira koʻpayish — jinsiy koʻpayish shakllaridan biri, tuxum xujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi. Partenogenezning ahamiyati har xil jinslarning oʻzaro uchrashuvi qiyin boʻlgan sharoitda jinsiy koʻpayishni amalga oshirilishidan va kulay sharoitda tur nayeli individlari sonini tez orttirishdan iborat. Bunday xrlat nayeli koʻplab qirilib ketadigan turlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. … Читать далее

MEHNAT GIGIYENASI

MEHNAT GIGIYENASI, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va i. ch. muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari i. ch. jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, … Читать далее

MEYOZ

MEYOZ (yun. meiosis — kamayish) — hujayra yadrosining xromosomalar sonining 2-marta kamayishi (reduksiya) orqali boradigan boʻlinishi. Jinsiy koʻpayadigan oʻsimlik va hayvonlar uchun xos (q. Jinsiy koʻpayish). M. — irsiyat va oʻzgaruvchanlikning asosiy mexanizmi. Meyoz urugʻ va tuxum hujayra hosil qiluvchi hujayralar — spermatsit va ovotsitlarning ketma-ket ikki marta boʻlinishi (1 – va 2 – M.)dan … Читать далее

SEZGI

SEZGI — olamdagi narsa va hodisalar ayrim xossalarining miyadagi inʼikosi. Materiyaning Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatib, bosh miya poʻstlogʻi nerv markazini qoʻzgʻatishi asosida paydo boʻladi. Sezgi dunyoni bilishning birinchi bosqichi va tarkibiy qismidir. Sezgilar asosida hissiy bilishning idrok, tasavvur kabi shakllari yuzaga keladi. Tashqi qoʻzgʻovchilarning oʻziga xos xususiyatlariga qarab, barcha Sezgilar badan S. si (tuyish), koʻrish … Читать далее