MEHNAT BILAN DAVOLASH

MEHNAT BILAN DAVOLASH — mehnatdan shifobaxsh omil sifatida foydalanish. Bemorning ruhiyatiga taʼsir etish usullaridan biri (ayniqsa, ru-hiy kasalxonalarda). Organizm tonusini oshirish, moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish vositasi boʻlib, tybbyyotning turli sohalarida shifobaxsh fizkultura va sport bilan bir qatorda tatbiq etiladi. Davolash muassasalarida bemor uzoq yotganda (mas, suyak va oʻpka sili, poliomiyelit oqibatlari) Mehnat bilan davolash b-n d. keng qoʻllaniladi. Sh. A. Alimov Oʻzbekistonda Mehnat bilan davolash bilan d. ni ilgari surdi. Shu bois res-publikamizda Mehnat bilan davolash bilan d. sanatoriysi va dispanserlari ochildi.

Ruhiy bemorlarni Mehnat bilan davolash bilan d. da ular mehnat qilish qobiliyatini qay darajada yoʻqotganligiga, sogʻlom vaqtida bajargan kasbiga eʼtibor beriladi. Bunda dastlabki kunlar joʻn ishlar (qogʻoz yopishtirish va qutichalar yasash) qildiriladi, mehnat qilish qobiliyati tiklana borgan sari bemorni fikrlashga majbur etuvchi mehnatga (bichishtikish, chizmachilik va h. k.) oʻtkaziladi. Kasallikning ogʻir-yengilligi, kechishiga qarab deyarli hamma ruhiy bemorlar mehnat b-n davolanadi. Travmatologiya, ortopediya va nevrologiyada harakat faoliyatini tiklash uchun shifobaxsh gimnastika bilan birga Mehnat bilan davolash bilan ham qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x