BAKTERIOLIZ

BAKTERIOLIZ — bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizotsim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz taʼsirida erishi, immun reaksiyalarning bir turi. Bakterioliz bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikon va sitoplazma membranasining yemirilishidan iborat. Spetsifik (bakteriofaglar, bakteriolizinlar, lizotsim taʼsirida) va nospetsifik (ayrim gidrolitik fermentlar, fizik va kimyoviy omillar ishtirokida) Bakterioliz farq qilinadi. Bakterioliz odam va hayvonlar organizmida mikrobga qarshi antitelolar taʼsirida roʻy beradi. … Читать далее

BADRIY ABDULLA

BADRIY ABDULLA (1893, Samarqand — 1936) — oʻzbek dramaturgi. Rus-tuzem maktabini tamomlab, muallimlik qilgan. 1910-y. larda yevropacha usuldagi yangi oʻzbek teatrining shakllanishiga hissa qoʻshgan. Oʻzining drama truppasini tashkil etdi. 1914—16 y. larda «Juvonmarg», «Ahmoq», «Oʻgay ota», «Boyvachcha» kabi pyesalarini yozdi. Ularda oʻzbek xalqining oʻtmishi va oʻsha davrdagi kechmish hayoti aks ettiriladi. Xususan «Nomoz oʻgʻri» (1920) … Читать далее

BAGRATION Petr Ivanovich

BAGRATION Petr Ivanovich (1765 — 1812) — knyaz, rus sarkardasi, infanteriya generali (1809), 1812-y. gi Fransiya-Rossiya urushi qahramoni. A. V. Suvorovnnng Italiya va Shveysariyaga qilgan yurishlari, Fransiya, Shvetsiya va Turkiya bilan boʻlgan urushlar qatnashchisi (1809—10 y. larda Moldova armiyasi qoʻmondoni). 1812-y. Napoleonga qarshi urushda 2-armiya bosh qoʻmondoni. Borodino jangida ogʻir yaralanib halok boʻlgan. Пост Навигацияси

BABEZIOZ

BABEZIOZ, babeziyellyoz — qoramol, qoʻy va echkilarda Babesia turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik. B. hayvonlarga kanalar orqali yuqadi. Kasallikning kechishi 4—8 sutka. Kasallangan hayvonning tana harorati keskin koʻtariladi, tez ozadi, suti kamayadi, baʼzan suti rangi qon aralash sargʻayadi, mazasi taxir boʻladi. Kasallik katta hayvonlarda ogʻir kechadi. Hayvonlarning koʻpi nobud boʻladi. Asosan yoz—kuz … Читать далее

VOMIQ VA UZRO

«VOMIQ VA UZRO» — Yaqin va Oʻrta Sharq xalqdarining ogʻzaki va yozma adabiyotida keng tarqalgan anʼanaviy epik asar. Mavzu Sharqxalklari folklori va adabiyotiga yunon adabiyotidan oʻtgan degan fikr mavjud. Davlatshoh Samarqandiy hamda oʻrta asr ijodkorlari asarlaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu mavzu Islomgacha ham mashhur boʻlgan. Asarning variant va versiyalari koʻp. Ularni anʼanaviy mavzu va obrazlar silsilasi … Читать далее

BURQUTLAR

BURQUTLAR — oʻzbek qabilalaridan biri. Burqutlar asosan Zarafshon vohasida (hoz. Poyariq. Narpay, Navoiy, Gʻijduvon tumanlarida), qisman Mirzachoʻlda (Jizzax yaqinida) joylashgan. 18-a. ning 50-y. larida Burqutlar Buxoro xonligiga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtargan. Qoʻzgʻolonni hukumat qoʻshinlari bostirgach, Burqutlarning bir qismi Zarafshon vohasidan Hisor vodiysiga koʻchirilgan. Oʻzbekistonda yashagan Burqutlar oʻtroqlashib, mahalliy aholi b-n aralashib ketgan. Пост Навигацияси

VIVEKANANDA

VIVEKANANDA Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 y. larda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893-y. vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897-y. «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining … Читать далее

BUYUK ELCHILIK

BUYUK ELCHILIK — Turkiyaga qarshi harbiy ittifoq tuzysh, xorijiy mutaxassislarni ruslar xizmatiga taklif qilish va qurolyarogʻ sotib olish maqsadida Rossiyaning Gʻarbiy Yevropaga qilgan elchiligi (1697—98). Rahbari — Pyotr I (Pyotr Mixaylov nomi ostida) boʻlgan. «Buyuk elchilar»: F. Ya. Lefort, F. A. Golovin, P. B. Voznitsin. Mulozimlari 250 kishidan iborat boʻlgan. Boltiqboʻyiga ega boʻlish uchun kurashga … Читать далее

VARSHAVA SHARTNOMASI

VARSHAVA SHARTNOMASI — sobiq sotsialistik lager davlatlari — Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya oʻrtasida 1955-y. 14-mayda Varshavada Shim. Atlantika pakti (NATO)ga qarshi tuzilgan harbiy ittifoq. Varshava shartnomasi oʻz ustavida BMT Ustavining 51-moddasiga muvofiq, yakka va jamoa boʻlib, oʻz-oʻzini himoya etish toʻgʻrisidagi qoidaga asoslanib, Varshava shartnomasiga aʼzo davlatlar oʻrtasida doʻstlik, hamkorlik … Читать далее

BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее