ZAKOT

ZAKOT (arab. — tozalanish, sadaqa berish) — molmulk va daromaddan beriladigan sadaqa, xayrehson. Islomning 5 asosiy talablaridan biri. Shariatta muvofiq, muayyan boylikka ega boʻlgan katta yoshdagi musulmon 3. beradi. 3. beruvchi kishining mablagʻi oʻzi va qaramogʻidagilarning zaruriy extiyojlaridan ortiqcha boʻlishi lozim. Bu mablagʻga kishining jamgʻarmasi, doʻkonda sotiladigan narsalari, sotaman deb olib qoʻygan narsalari, birovga bergan … Читать далее

IRLANDIYA

IRLANDIYA (irlandcha Eire, ing. lrelang) — Gʻarbiy Yevropada, Irlandiya o. da joylashgan davlat. Mayd. 70,3 ming km2. Aholisi 3,84 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan 26 graflikka boʻlinadi, ular 4 tarixiy viloyat (province)ra birlashadi. Poytaxti — Dublin sh. Davlat tuzumi. Irlandiya — respublika. 1937-y. 29 dek. da qabul qilingan hamda 1972 va 1999-y. larda tuzatishlar kiritilgan … Читать далее

KRILOV Ivan Andreyevich

KRILOV Ivan Andreyevich [1769.2(13).2, Moskva – 1844.9(21).11, Peterburg] – rus yozuvchisi, masalchi. «Pochta duxov» (1789), «Zritel» (1792) jur. larini nashr ettirgan. 1786—88 y. larda poy-taxt dvoryanlarining axloqiy buzuqligini fosh etuvchi komediya («Gʻazabnok oila», «Toʻpolonchilar», «Qizlarga saboq va b.), tragediya («Kleopatra», «Filomela»), komik operalar («Bahodir Ilya», 1870) yozgan. Hukumatga qarshi yozilgan «Trumf» («Chimchilash») tragediyasi (1799—1800) qoʻlyozma … Читать далее

KORANDALIK

KORANDALIK — yerni ijaraga olish turi. Korandalikda ijara haqi yer egasiga hosildan hissabay toʻlanadi. Asosan, rivojlanmagan mayda q. x. ishlab chiqarishiga xos. Korandalik ayrim rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Italiya, Ispaniya va b.) hozir ham qisman uchraydi. Sharqdagi koʻpgina mamlakatlarda Korandalik ijara munosabatlari shakllarida yetakchi oʻrinni egallaydi. Oʻzbekistonda 20-a. ning 20-y. lari oxiriga qadar keng tarqalgan edi. … Читать далее

LATVIYA

LATVIYA (Latvija), Latviya Respublikasi (Latvijas Republika) — Yevropaning shim.-gʻarbida, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 64,589 ming km2. Aholisi 2, 385 mln. kishi (2001). Poytaxti — Riga sh. Maʼmuriy jihatdan 26 tuman (rajons)ra boʻlinadi, 7 shahar bor. Davlat tuzumi. Latviya — mustaqil demokratik respublika. 1993-y. 6-iyuldan 1922-y. da qabul qilingan «Satversme» konstitutsiyasining amal qilishi toʻla … Читать далее

DESYATINA

DESYATINA (lot. decime) — 1) oʻrta asrlarda Yevropada daromadning cherkovga toʻlanadigan oʻndan bir qismi. Fransiyada Buyuk Karl davridan (779) boshlab Desyatina toʻlash majburiy boʻlgan. Aholining yuqori tabaqasi Desyatinadan ozod edi. Bu asosan dehqonlar uchun jabr boʻlib, ular mahsulotning deyarli hamma turlaridan natura shaklida Desyatina toʻlagan. D. Fransiyada 1789—90 y. larda, Gʻarbiy Yevropaning boshqa davlatlarida 19-a. … Читать далее

KAMBODJA

KAMBODJA, Kambodja Qirolligi (Cambodia) — Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. ning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 181 ming 35 km2. Aholisi 12,49 mln. kishi (2001). Poytaxti — Pnompen sh. Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramogʻidagi 2 shaharga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Kambodja — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-y. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — … Читать далее

ZAMONBOBO

ZAMONBOBO — soʻnggi jez davriga oid oʻtroq dehqonlar manzilgohi va qabristoni (mil. av. 2ming yillik oʻrtasi). Buxoro vohasining gʻarbidagi Zamonbobo koʻli yoqasidan topilgan. 3. turar joylari usti chayla qilib berkitilgan yertoʻlalardan iborat boʻlgan. 45 ta qabr ochilgan. Tagi yassi va dumaloq, bezaksiz sopol idishlar, jez buyumlar, paykonlar, tosh munchoqlar, tosh oʻroq parchalari va b. topilgan. … Читать далее

ZAVQIY

ZAVQIY (taxallusi; asl ismsharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 — Qoʻqon — 1921) — oʻzbek shoiri. Qoʻqondagi «Madrasai oliy» va «Madrasai chalpak»da tahsil olgan (1870—74). Maxsidoʻzlik bilan shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh. larida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903-y. Qoʻqonga qaytgan. 3. mumtoz oʻzbek … Читать далее

ISHCHILAR

ISHCHILAR — industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh. 19-a. oʻrtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletari-ati paydo boʻldi, Ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllan-di (q. Marksizm, Sotsializm). 20-a. ning 2-yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat koʻrsatish sohalarining oʻsishi va b. … Читать далее