DESYATINA

DESYATINA (lot. decime) — 1) oʻrta asrlarda Yevropada daromadning cherkovga toʻlanadigan oʻndan bir qismi. Fransiyada Buyuk Karl davridan (779) boshlab Desyatina toʻlash majburiy boʻlgan. Aholining yuqori tabaqasi Desyatinadan ozod edi. Bu asosan dehqonlar uchun jabr boʻlib, ular mahsulotning deyarli hamma turlaridan natura shaklida Desyatina toʻlagan. D. Fransiyada 1789—90 y. larda, Gʻarbiy Yevropaning boshqa davlatlarida 19-a. da bekor qilindi. Rossiyada Desyatina knyaz Vladimir Svyatoslavovich (taxm. 978—1015) tomonidan joriy etilgan boʻlib, dastlab cherkov uchun toʻlangan, keyinroq umumiy soliqqa aylanib ketgan;

2) 18-a. boshlarigacha Rossiyada yeparxiyaning bir qismi, cherkov okrugi. Desyatinaga desyatilnik (oʻnboshi) boshchilik qilgan;

3) metrik oʻlchov tizimi qabul qilingunga qadar Rossiyada qoʻllanilgan asosiy yuza oʻlchovi. 2400 kv. sarjin (1,09 ga) ga teng. 18-a. oxiri — 19-a. boshida xoʻjalik D. si qoʻllanilib, u 3200 kv. sarjin (1,45 ga) ga teng boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x