BEZ

BEZ, bezlar (glandulae) — 1) organizmning normal hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan va oʻziga xos maxsus shiralar (sekret) ishlab chiqaradigan hujay-ralar yoki koʻp hujayrali aʼzolar. Bez ishlab chiqaradigan moddalarning fiziologi k ahamiyatidan qagi nazar, hujay-ralardan chiqadigan hamma moddalar «sekret» deb yuritiladi. Koʻpgina Bez (mas, soʻlak, ter bezi, jigar, meʼda B.)ning chiqaruv yoʻli boʻlib, ishlab chiqaradigan … Читать далее

GLYUKOZA

GLYUKOZA (yun. glykys — shirin) , uzum shakari, dekstroza — tabiatda koʻp uchraydigan uglevod; geksozalarga, yaʼni uglerod atomlari 6 ta boʻlgan monosaxaridlarga kiradi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish t-rasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni oʻngga buradi. Viruslardan tortib yuksak oʻsimliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam) gacha barcha tirik organizmlarning zarur … Читать далее

GEMODINAMIKA

GEMODINAMIKA (gemo… va dinamika ) — tomirlarda qon oqishi; G. gidrostatik bosim tomirlar sistemasining turli qismlarida turlicha boʻlishi tufayli roʻy beradi (maʼlumki qon yuqori bosimli sohadan past bosimli sohaga tomon oqadi). Bunda asosiy omil yurak qisqarishlari boʻlib, oʻrtacha yoshdagi odamning yuragi har qisqarganda tomirlarga 60—70 ml yoki min. ga 4,5—5 l qon oʻtkazadi. Yurakning min. … Читать далее

BIOKIMYO

BIOKIMYO, biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir boʻladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. B. rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa boʻlinib ketdi. Statistik Biokimyo (kimyoviy topografiya) organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularni tashkil etuvchi moddalarning kimyoviy tuzilishini; dinamik B. organizmhujayralari va toʻqimalari tuzilishi va yangilanib turishi uchun zarur murakkab organik moddalarning sintezlanishi (assimilyatsiya)ni, shuningdek … Читать далее

GEKSOZOFOSFATLAR

GEKSOZOFOSFATLAR — murakkab efirlar, geksozalarni fosfat kislotasining bir yoki ikki qoldigʻi b-n birikishidan hosil boʻladi (mas, gekso-monofosfat SsNpO5(RO4N2), geksodi-fosfat S6N10O„(RO4N2)2. G. — oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlar toʻqimalarida uglevodorodlarning almashinuvidan hosil boʻladigan muhim oraliq modda). Geksozalarning fosfat kislota bilan birikib alitsiklik shaklga aylanishi tufayli moddalar almashinuvi osonlashadi. Пост Навигацияси

BIOLOGIK RITMLAR

BIOLOGIK RITMLAR — biologik jarayonlar jadalligi va ularga xos xususiyatlarning siklik oʻzgarishlari. Biologik ritmlar deyarli barcha hayvon va oʻsimliklarda kuzatiladi va organizmlarga muhitning davriy oʻzgarishlariga (sutkalik, mavsumiy va b.) moslashishga imkon beradi. Biologik ritmlar davomiyligiga qarab quyosh sutkalik (24 soat), oy sutkalik (24,8 soat), oylik (29,4 sutka) va yillikka (mavsumiy) boʻlinadi. Quyosh sutkalik ritm koʻpgina … Читать далее

YoSh

YoSh (biologiyada) — organizmning tugʻilganidan boshlab uning oʻsishi, rivojlanishi, voyaga yetishi va qarishidan iborat hayoti tavsifi. Odamlar Yosh O dam da kalendar Yo. (tugʻilgandan boshlab muayyan vaqtgacha oʻtgan davr) va biologik Yosh boʻladi. Biologik Yosh organizmdagi moddalar almashinuvi holati va bu jarayonlarning muayyan populyatsiya uchun mos kelishiga qarab belgilanadi. Umrning uzayishi va akseleratsiyaning rivojlanishi bilan … Читать далее

YORUGʻLIK BILAN DAVOLASH

YORUGʻLIK BILAN DAVOLASH, fototerapiya — quyosh nuri yoki sunʼiy manbalar yorugʻligini profilaktika va davolash maqsadida qoʻllash; fizыoterapыyanit bir boʻlimi. Sunʼiy manbalarga choʻgʻlanma simi boʻlgan, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar bilan nurlantiradigan apparatlar (infraqizil nurlar b-n nurlantirgich, yorugʻlik issiqligi bilan nurlantirgich — sollyuks. Minin lampasi, mahalliy elektr yorugʻlik vannalari, shuningdek, ultrabinafsha nurlar b-n nurlantirish uchun simobkvarsli … Читать далее

YALANISH KASALLIGI

YALANISH KASALLIGI — hayvonlarda moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Asosan, qoramollarda uchraydi. Bundan tashqari, qoʻylarda jun yeyish, parrandalarda pat choʻqish shakllari uchraydi, Yalanish kasalligi organizmda mineral moddalar, jumladan, natriyning ishqoriy tuzlari, kobalt, yod, marganes, rux kabi mikroelementlar, vitaminlar, aminokislotalar yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. Kasallik boshlanishida hayvon devor va oxurlarni yalaydi, toʻshamadagi chirigan somon, … Читать далее

YOTOQ YARA

YOTOQ YARA — koʻpincha darmonsiz, ogʻir xastalik oqibatida uzoq vaqt koʻrpatoʻshak qilib yotib qolgan bemorlarda tananing suyak boʻrtib chiqqan joylari (dumgʻaza, tirsak, tovon, kallaning ensa qismi)da paydo boʻladigan yara. Asosan boʻrtib chiqqan suyaklar teri osti yogʻ qatlamining yuqaligi va terining doimo bosilib, mahalliy qon aylanishining buzilishi sabab boʻladi. Yostiqtumor. Bunda yumshoq toʻqimalar iriydi. Uzok, vaqt … Читать далее