OXUNDOV Mirza Fatali [1812.30.6, Sheki (hoz. Nuxa) – 1878.26.2, Tiflis] — ozarbayjon yozuvchisi, maʼrifatparvari va faylasuf. «Pushkin oʻlimiga sharq dostoni» (1837) asari A. S. Pushkinga bagʻishlangan. «Pushkinning oʻlimi Rossiyada Lermontovni, Kavkazda Oxundovni uygʻotdi» degan ibora shu asardan keyin paydo boʻlgan. Oxundov, asosan, dramaturgiya sohasida katta yutuklarga erishgan. 1851-y. «Hikoya-ti Mulla Ibrohim Xalil kimyogar», «Nabotot hakimi musye Jordan va sehrgar darvesh Mastali shoh hikoyati» komediyasini yozgan. «Sarguzashti vaziri xoni Lankaron» (1851), «Hikoyati xirsi quldurboson», «Xoja qora» (1852), «Murofiya vakillarining hikoyati» (1856) komediyalarida 19-a. 1-yarmi ozarbayjon xalqi hayoti aks etgan. Sharq adabiyotlarida Oxundovni «Sharq Molyeri», «Ozarbayjon geniysi» deb atashgan. «Addangan yudduzlar» kissasi (1857) bilan ozarbayjon realistik nasriga asos solgan. Asarda ijtimoiy tuzum va hokim bilan xalq ommasi oʻrtasidagi keskin qarama-qarshiliklar tasvirlangan. Oxundov arab alifbosini islohqilishga bagʻishlangan «Arab, fors, turk tillarining yozuvlari uchun yangi alifbo» (1857) asarining muallifi. Oxundov falsafa va b. fanlarni dindan ajratish, tabiat sirlarini oʻrganishga, maʼrifatni egallashga chaqirgan. Uning falsafiy qarashlari «Ingliz faylasufi Yumga javob» (1870) asarida ifodalangan. Asar birmuncha oʻzgartirilib, «Hindiston shahzodasi Kamoluddavlaning Eron shahzodasi Jaloluddavlaga yozgan xati va Jaloluddavlaning javobi» falsafiy risolasiga ilova qilingan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии