RAFIQ MOʻMIN

RAFIQ MOʻMIN (taxallusi; asl ism-sharifi Moʻminov Rafik,, 1900.7.2, Namangan — 1951.5.5) shoir, dramaturg, pedagog. 1917-y. da Koʻqondagi dorilmualliminni tugatib, 1937-y. 27-mayda qatagʻon etilguniga qadar oʻqituvchilik qilgan. P. M. Fargʻona vodiysiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, «Zevak» («Yozi bilan Zebo») va b. asarlarni yozib olgan (1923). Adabiy faoliyati 1920-y. dan boshlangan. U 20-y. larning boshlarida Fargʻona vodiysida roʻy bergan fojiali voqealar taʼsirida Oʻgʻuzxon (H. Yoʻldoshqoriyev) bilan hamkorlikda «Yosh qurbonlar», shuningdek, «Gulyor» va «Yoriltosh» pyesalarini yozgan (1921). Rafiq Moʻminning sheʼriy ijodida «Qapchigʻay» dostoni (1924) alohida oʻrinni egallaydi. Shoir bu dostondan tashqari, koʻplab lirik sheʼrlar, «Bolaxoʻr», «Kizil qiz», «Zanglagan pichoq», «Tyanshan qizi» singari dostonlar ham yozgan (1926—27).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x